Jonajon yurtimiz mustaqilligining 31 yillik shodiyonasi Surxondaryo viloyatida ham ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi. «Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida Termiz shahridagi San’at saroyi davlat muassasasining Amfiteatr majmuasida o‘tkazilgan shodiyonaning madaniy qismida taniqli san’atkorlar qatorida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi ham teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etishdi.

What's your reaction?

Leave a comment