Yurtimizda barcha sohalardagi kabi teatr va kino san’ati rivojiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz poytaxtida o‘tkaziladigan «Toshkent xalqaro kino festival 2021» festivali tashkil etilishi ham ayni yo‘nalishdagi islohotlarning amaliy natijasi deyish mumkin. Ayni paytda mazkur festival ishtirokchilari «Kino besh kun ichida» rukni ostida qisqa metrajli filmlar suratga olishni boshladilar. 2021 yil 21 sentyabr kuni Ukrainalik yosh kino rejissyor Oleg Sokolovskiy boshchiligidagi ijodiy guruh Surxondaryo viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyirishdi. Kino ijodkorlar tomonida olinadiga filimga aktyor, grimyor va kostyumyorlar ajratildi. Teatr tarixida ilk marotoba tashkil etilayotgan ushbu ijodiy hamkorlik kelgusida ijobiy natijalar berishiga umid qilamiz.

What's your reaction?

Leave a comment