O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» gi qarori hamda YUNESKO huzuridagi xalqaro institutining IX-kongressida ta’sis etilgan «27-mart Xalqaro teatr kuni» ni keng nishonlash, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2022 yil 15-martdagi «27-mart Xalqaro teatr kuni» munosabati bilan «Teatr tomoshalari haftaligini o‘tkazish to‘g‘risida» gi 88-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida «Teatr tomoshalari haftaligi» boshlandi.

Madaniyat va san’at sohasi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va keng aholi qatlami dastlab kirish zalida tashkil etilgan teatr ijdiy faoliyatiga oid ko‘rgazma bilan tanishdilar.

Teatrda sahnalashtirilgan spektakllarning foto lavhalari, teatr tarixiga oid ma’lumotlar, grim, liboslar va rassomlarning ko‘rgazmalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shundan so‘ng ishtirokchilar tomosha zaliga taklif etildi. Dastlab «Bizning teatr» ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Anjumanda teatrning tashkil etilishi, ijodiy yutuqlar haqida ma’lumotlar berilib, Prezidentimiz tomonidan sohani rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor, qaror va farmonlar mohiyati haqida to‘xtalib o‘tildi. Haftalik doirasida namoyish etilgan «Nigorimni izlayman» spektakli tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

What's your reaction?

Leave a comment