Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining Sirdaryo viloyatiga gastrol safari nihoyasiga yetdi.Teatr ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan «Muhabbatim-qismatim mening» spektakli Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida namoyish etildi. Spektakl namoyishi davomida aktyorlarning chiqishlari muxlislarning davomli olqishlari bilan kuzatib borildi. Spektaklni goh kulib, goh yig‘lab tomosha qilgan muxlislar spektakl yakunida o‘zlarining dil izhorlari, minnatdorchiliklarini ajoyib guldastalar va shirin tilaklar bilan izhor qildilar. Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ma’muriyati va jamoasi nomidan gastrolni har tomonlama yuqori darajada tashkil etishdagi hamkorligi uchun Sirdaryo viloyat hokimligi va viloyat musiqali drama teatri jamoasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!.

What's your reaction?

Leave a comment