Sibir Federal okrugi hamda Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan imzolangan memorandum hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi Rossiya Federasiyasining Novosibirsk va Tomsk viloyatlariga gastrol safarini uyushtirdi.

3-avgust kuni teatr jamoasi Tomsk viloyatining «Avangard» nomli xalq ijodiyoti saroyida Tomsk viloyati aholisi va shu yerda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz va tahsil olayotgan talabalar uchun «Muhabbatim-qismatim mening» spektakli hamda teatrlashtirilgan konsert dasturini namoyish etishdi.

What's your reaction?

Leave a comment