Bu yil xalqimizning eng ulug` va eng aziz bayrami mustaqilligimizning 30 yilligini keng nishonlaymiz. 30 yil — bu ko`hna tarix oldida uncha katta muddat bo`lmasada, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo`lida amalga oshirilgan islohotlar mazmun-mohiyati jihatidan asrlarga ta`tigulikdir. Amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlardan jamiyat hayotidagi biror bir soha e`tibordan chetda qolayotgani yo`q. Birgina madaniyat va san`at sohasiga qaratilayotgan e`tibor fikrimizning amaliy ifodasidir. Keyingi yillar muhtaram yurtboshimiz tomonidan sohani rivojlantirish, milliy qadriyat va an`analarimizni targ`ib qilish, soha hodimlariga har tomonlama qulaylik yaratish, moddiy va ma`naviy jihatdan qo`llab quvvatlash asosini tashkil etgan Prezident qaror va farmonlari soha hodimlariga yangicha ruh va shijoat baxsh etdi. Ma`lumki har yili umumxalq bayramlari arafasida turli sohalarda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz hukumatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlanishadi. Bu yil ham bu jarayon madaniyat va san`at sohasi hodimlari uchun tarixiy voqeylik bo`ldi. Gap shundaki tizimda fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh ustoz san`atkorlar davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Taqdirlanganlar orasida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining oliy toifa aktyori, betakror obrazlari bilan tomoshabinlar e`tiborini qozonib kelayotgan ustoz san`atkor Marat Sharipov ham bor. Fursatdan foydalanib teatr jamoasi nomidan ustoz san`atkor Marat Sharipovni muborakbod etamiz. M.Sharipov Prezidentimizning 2021 yil 24-avgust kunidagi «O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o`ttiz yilligi munosabati bilan fan, ta`lim, sog`liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san`at sohalari va ommaviy ahborot vositalari hodimlaridan bir guruhini mukofotlash to`g`risida» gi farmoniga ko`ra «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

What's your reaction?

Leave a comment