Millat ma’naviyati va madaniyatini yanada yuksaltirish asosini tashkil etuvchi yana bir muhim Qaror qabul qilindi. Bugun Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» qaror va uning mazmun mohiyati bilan tanishtirildi.

Ta’kidlash o‘rinliki, keyingi yillar yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, madaniyat va san’at sohasida ham yangicha mazmun mohiyat kasb etdi.

Keyingi besh yilda ilk marotaba o‘tkazilgan xalqaro festivallar, madaniyat va san’at maskanlarining barpo etilishi, beshta muhim tashabbusning amalga oshirilishi, yangi iste’dodlarning kashf etilishi, xalqaro miqyosdagi tanlov va festivallardagi ishtiroklarning yo‘lga qo‘yilishi buning yorqin dalilidir.

Joriy yilning 2-fevral sanasida qabul qilingan Prezident qarori esa amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz. Mazkur qarorga muvofiq uzoq hududlar ham sifatli madaniy xizmat bilan qamrab olinadi. Madaniyat markazlari, teatrlarning moddiy texnik bazasi mustahkamlanadi. Ta’lim maskanlarida musiqa asboblarini chalish orqali yosh avlodning san’atga oshno bo‘lib o‘sishi ta’minlanadi. Yoshlar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda festivallar, konsert tomosha tadbirlari tashkil etilib, g‘oliblar taqdirlanadi. Sohada samarali mehnat qilayotgan xodimlarga uy-joy xarid qilish uchun subsidiyalar beriladi.

Bir so‘z bilan aytganda ushbu qaror va unda belgilangan vazifalarni amalga oshirilishi madaniyat va san’at sohasidagina emas, xalqimiz ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlod hayotida olamshumul yangilik bo‘ldi.

What's your reaction?

Leave a comment