Har bir davlatning shakllanishi va davlatchiligini belgilashda, davlat ramzlari alohida ahamiyat kasb etadi. Davlat suverenitetini belgilgilash, xalqaro miqyosda hamkorlik qilishda ham davlat ramzlarining alohida o‘rni bor. Shu ma’noda mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ham o‘z davlat ramzlariga ega. Davlat tashriflari, nufuzli mehmonlarni kutib olish, muhim tadbirlarni boshlashdan oldin madhiyamizning yangrashida ham ayni jihatlar mujassam. Shubhasiz bugun xalqaro musobaqalar va davlat tashriflari munosabati bilan madhiyamizning yangrashi, bayrog‘imizning yuqori ko‘tarilishi qalbimizga g‘urur va iftixor baxsh etmoqda. Bugun erta tongdan yangi ish kunini Surxondaryo viloyati madaniyat va san’at sohasi vakillari davlat madhiyasini ijro etishdan boshladi. Surxondaryo san’at saroyi davlat muassasasi kirish qismida, boshda milliy do‘ppilar bilan jam bo‘lgan soha xodimlari davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib aytishdi.

What's your reaction?

Leave a comment