Alisher Navoiy nomidagi davlat Akademik katta teatrida «Navoiy siymosi va asarlari sahnada» respublika teatrlari ko‘rik-festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Festvalni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri O. A. Nazarbekov ochib, festival ishtirokchilarini muborakbod etdi. Madaniyat vaziri Alisher Navoiy ijodi, davlat va jamoat arbobinig ma’naviy merosi haqida to‘xtalib, buyuk bobokalonlarimiz ijodi va ibratli hayotini yoshlar ma’naviy kamolotidagi beqiyos ahmiyatini ta’kidladi. Ozodbek Nazarbekov mazkur festivalning ochilishi ham quvochli voqelik bilan boshlangaligi, bugun YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosini asrash hukumatlararo qo‘mitasi tomonidan BAXSHICHILIK san’ati Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilganligini ma’lum qildi. Shundan so‘ng ko‘rik-festival ochilishida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan «Alisher Navoiy» spektakli namoyish etildi.

What's your reaction?

Leave a comment