Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan «Muhabbatim-qismatim mening» spektakli «IV Meждународный фестиваль искусств «Российский берег». Осенняя феерия ONLINE» festivalida I darajali laureat bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Teatr va sirk san’tini rivojlantirish boshqarmasi taklifiga binoan «Rossiyskiy bereg» Xalqaro san’at festivali tashkilotining «IV Международный фестиваль искусств «Российский берег». Осенняя феерия ONLINE» festivalida «Muhabbatim-qismatim mening» spektakli bilan ishtirok etgan teatr jamoasi, xalqaro toifadagi hakamlar tomonidan I darajali laureatiga munosib ko‘rildi.

Millat, makon va manzil tanlamaydigan san’at festivalida 14 ta teatr jamoalari o‘zlarining sara asarlari bilan ishtirok etishdi. Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan ushbu asarda oilani ulug‘lash, oila muqaddasligini asrash kabi oliyjanob tuyg‘ular, ezgu g‘oya ilgari surilgan. Allaqachon ming-minglab tomoshabinlar qalbidan joy olgan sahna asari, aytish mumkinki mazkur nufuzli festival hakamlari hayatini ham e’tiborini qozondi.

Bugun Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda, spektakl ijodiy guruhi va teatr ma’muriyatiga festival tashkilotchilarining tashakkurnoma va diplomlari bayramona tarzda topshirildi.

Tantanali tadbirda so‘z olganlar spektakl ijodkorlarini ushbu tarixiy voqeylik bilan tabriklashib, teatrning Xalqaro miqyosdagi obro‘ e’tiborini yuksaltirish borasidagi ijodiy izlanishlariga muvofaqqiyatlar tilashdi.

Ma’lumot o‘rnida 86-yillik ijodiy faoliyati davomida teatr jamoasi Xalqaro miqyosda, xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan festivalda ilk marotaba nufuzli o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yana bir quvonarli jihat, ushbu spektakl «Seni kuylaymiz, zamondosh!» O‘zbekiston teatrlarining VI-Respublika ko‘rik festivalda ham teatr tarixida ilk marotaba «Eng yaxshi ssenografiya» nominasiyasi bo‘yicha g‘olib topilgandi. O‘z navbatida teatr ixlosmandlari qalbidan joy olib, muxlislarni goh kuldirib, goh yig‘latib asarda ilgari surilgan g‘oylarni tomoshabin qalbiga jo qilib, ularning olqish va e’tiroflariga sazovor bo‘layotgan teatrimiz jamoasini tabriklab, ijodiy yutuqlar bardavomligini tilab qilamiz!

What's your reaction?

Leave a comment