Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi joriy repertuaridan o‘rin olgan so‘nggi spektaklni teatr Badiiy kengashiga topshirdi. Chingiz Aytmatov qalamiga mansub «Momo yer» spektaklini sahnalashtirishda rejissyor topilmalari, senografik echimlar kengash a’zolari tomonidan yuqori baholandi. Spektaklda asosiy obrazlarni talqin etgan N. Axmedova (To‘lg‘onoy), Z. Boqieva (Momo yer), I. Ro‘ziyev (Suvonqul), A. Panjiyev (Qosim), M.Sharipov (Temir yo‘lchi) obrazlari talqini ham yuqori baholandi. Aytilgan fikrlar, bildirilgan takliflardan kelib chiqib, ayrim tuzatishlar kiritish sharti bilan Kengash a’zolari spektaklni Jamoatchilik kengashi ko‘rigiga tavsiya etishdi.

What's your reaction?

Leave a comment