Yangi yilni barcha intiqlik kutadi. Bu bayramni bolajonlarning quvonchi, sho‘x-shodon kulgularisiz tasovvur qilish juda mushkul. Ayni jihatlarni inobatga olgan Surxondaryo viloyati musiqali drama jamoasi bolajonlarga yangi yil kayfiyatini ulashish maqsadida «Madagaskarda yangi yil» musiqali tomoshasini sahnalashtirdi. Surxondaryo san’at saroyiga tashrif buyurayotgan jajji muxlislarni yasatilga archalar va qorbobolar bilan bezatilgan kichik sahna qarshi oladi va ularni ertaklar olamiga yetaklaydi.

What's your reaction?

Leave a comment