Inson qadri ulug‘lanayotgan yurtimizda keksa avlod vakillariga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklarga har qachongidanda yuksak darajaga ko‘tarildi. Buni keyingi yillar mamlakatimizda keksa avlod vakillari, urush va mehnat faxriylarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatliklarini asrash borasidagi islohotlar misolida ham ko‘rish munkin.

Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarga hamohang tarzda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi va topshirig‘iga ko‘ra yurtimizdagi teatrlar xususan, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri tomonidan ham keksa avlod vakillari, urush va mehnat faxriylari uchun namoyish etib kelinayotgan spektakllarda alohida imtiyozlar berib kelinayapti.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2019-yil 27-sentabrdagi 816-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida “Keksalar haftaligi”ni “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” degan g‘oya ostida keng nishonlanishi va haftalik doirasida keksalarga madaniy xizmat ko‘rsatish borasidagi ishlar ham shu yo‘nalishdagi e’tibor mahsulidir.

Haftalik munosabati bilan Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi tomonidan joriy 7-oktabr kuni soat 11-00da viloyatimizning turli go‘shalaridan tashrif buyurgan 620 nafar keksa avlod vakillari uchun “Andishali kelinchak” spektakli namoyish etildi.

Namoyish so‘nggida so‘z olganlar yurtboshimiz tomonidan nuroniylar, keksalarga qaratilayotgan e’tibor, teatrlardagi spektakl namoyishlarida ularga berilayotgan imtiyozlar, spektakllarning mazmundorligi haqida to‘xtalishib, teatr jamoasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

What's your reaction?

Leave a comment