Joriy yilning 29-mart kuni Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining joriy repertuaridan o‘rin olgan J. B. Mol’erning asari asosida sahnalashtirilgan «Zo‘raki tabib» spektakli, teatr badiiy Kengashi a’zolari ko‘rigidan o‘tkazildi.
Teatr bosh rejissyori F.Boltayevning badiiy rahbarligida, yosh rejissyor Shohzamon Jumayev tomonidan sahnalashtirilgan spektakl Kengash a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlar asosida Jamoatchilik Kengashi ko‘rigiga tavsiya etilishi bir ovozdan ma’qullandi.

What's your reaction?

Leave a comment