Bugun 2021 yil 30 avgust kuni Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining joriy repertuariga kiritilgan H.Rasul asari asosida sahnalashtirilgan «Nigorimni izlayman» spektakli O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi badiiy kengashi a`zolari va teatrning badiiy hamda jamoatchilik kengashi a`zolari ko`rigidan o`tkazildi. ZOOM dasturi orqali onlayn tarzda namoyish etib borilgan spektakl yakunida mutaxassislar tomonidan spektaklni yanada takomillashtirish borasida taklif va tavsiyalar berildi. Spektaklga bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida tuzatishlar kiritilib tomoshabinlarga namoyish etishga ruhsat berildi.

What's your reaction?

Leave a comment