Keyingi yillar Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi mahalliy dramaturglarimiz bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi natijasida tomoshabinlarga manzur bo‘ladigan asarlar vujudga kelayapti. Shunday ijodkorlardan biri, o‘zining ajoyib asarlari bilan tomoshabinlar olqish va e’tiroflariga sazovor bo‘lib kelayotgan ijodkor Erkin Xushvaqtovning «Andishali kelinchak» spektakli Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirildi. Hozirda mazkur asar minglab tomoshabinlarning sevimli spektakliga aylandi. Bugun teatr bosh rejissyori Farxod Boltaev dramaturg Erkin Xushvaqtov bilan uchrashib, ijodiy hamkorlik uchun teatr ma’muriyati nomidan minnatdorchilik bildirdi. Suhbat asnosida kelgusidagi ijodiy rejalar haqida fikrlashildi.

What's your reaction?

Leave a comment