Yangilanish va yasharish fasli bahor tashrifi bilan yurtimiz o‘zgacha qiyofa kasb etadi. Tabiatning o‘zgacha bir ajiblik kasb etib dillarga shodlik ulashadi. Aynan bahorning tashrifi bilan yurtimizda qadimiy va boqiy bayram Navro‘z shodiyonalari keng nishonlanadi. Bayram sayillari tashkil etilib, tansiq taomlar tayyorlanadi. Doshqozonlarda sumalaklar qaynab, milliy qadriyat, urf-odat va an’analarimiz namoyon etiladi. Barcha joylarda bo‘lgani kabi Navro‘z shodiyonalari Surxondaryo viloyatida ham o‘ziga xos ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. Bugun viloyatning asosiy bayram tadbiri Termiz tumanidagi Otchopar majmuasida o‘tkazildi. Bayram saylida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari ham o‘zlarining teatrlashtirilgan konsert dasturlari bilan ishtirok etishdi. Barcha vohadoshlarimiz va yurtdoshlarimizni Navro‘z olam shodiyonalari bilan muborakbod etamiz!. Navro‘z yurtimizga qut-baraka mo‘l hosil olib kelsin.

What's your reaction?

Leave a comment