Bu yil 9-fevralda so‘z mulkining sultoni, shoir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludiga 581 yil to‘ldi. Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar o‘tsa ham o‘quvchilarni o‘ziga maftun etib kelmoqda. Uning ibratli hayoti va ijodi hali yana asrlar davomida kelgusi avlodlarga xizmat qiladi. Navoiyshunos olimlarimiz tomonidan o‘rganilib borilaveradi. Navoiy haqida filmlar, spektakllar yaratiladi. Bu borada madaniyat va san’at go‘shalarida allaqachon ibratli ishlarga qo‘l urilgan. Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan «Alisher Navoiy» spektakli ham buning yorqin namunasidir. Mazkur sahna asaridan aholini bahramand etish maqsadida, bugun Ishonch telekanali ijodkorlari spektaklni yozib olishdi.

What's your reaction?

Leave a comment