Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan «Alisher Navoiy siymosi va asarlari sahnada» respublika teatrlarining ko‘rik-festivali o‘tkazilayotgan edi. Joriy yilning 17-23 dekabr kunlari o‘tkazilgan yakuniga yetdi. Bugun O‘zbek milliy Akademik drama teatrida ko‘rik-festivalda ishtirok etgan teatr jamoalari 1-2-3 o‘rin hamda turli nominasiyalar bo‘yicha taqdirlandilar. Mazkur festivalda Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri namoyish etgan «Alisher Navoiy» spektaklining grimyori K. Farmonov festivalning «Eng yaxshi grim ustasi» nominasiyasi bo‘yicha g‘olib topilib, Madaniyat vazirligining diplomi bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o‘rinbosari B. Axmedov barcha ishtirokchilarni tabrikladi. Shundan so‘ng ishtirokchilar uchun san’at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ijro etildi.

What's your reaction?

Leave a comment