Bugun Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining 87-ijodiy mavsumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mavsum ochilishiga shahar va tumanlardan tashrif buyurgan aholi, yoshlar, urush va mehnat faxriylari, madaniyat va san’at sohasi vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan tanishib, teatrning tarixi va bugungi ijodiy faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Ijodiy mavsumning tantanali ochilishida so‘z olganlar Prezidentimiz tomonidan madaniyat va san’at sohasi rivojiga qaratilayotgan yuksak e’tibor haqida to‘xtalishib, teatr jamoasi keyingi yillar yaxshi ijod mahsulotlar yaratib xalqni xushnud etayotganini, erishayotgan yutuqlari bilan teatrning o‘rni va mavqeini yuksaltirayotganliklarini ta’kidlashdi.

Chindan ham teatr jamoasi va ijodiy ishlari teatr tarixida yangiliklarni vujudga keltirmoqda. Keyingi yillarda jamoa erishgan ijodiy yutuqlar hali teatr tarixida yuz bermagan. Bu bir tomondan teatr ijodkorlarining mehnati bo‘lsa, ikkinchi tomondan sohaga qaratilayotgan e’tibor mahsuli deyish mumkin. Teatr repertuaridan o‘rin olayotgan yangi va yaxshi asarlar, talqin, yondashuv, mavzuning dolzarbligi, ijro va topilmalari bilan boshqa teatrlarda uchramasligi mutaxassislar tomonidan ham e’tirof etilayapti. Ilgari jamoa ko‘rik-tanlov va festivallar ishtirokchisi bo‘lgan bo‘lsa, bugun nafaqat mamlakat balki xorijiy davlatlardagi festivallarda ham munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritib, teatr ijodida tarixiy voqeyliklarni vujudga keltirayapti….

Bugun yangi ijodiy mavsum ochilishi munosabati bilan jahon adabiyotining yetuk namoyondalaridan biri, Qirg‘iziston Respublikasi Qahramoni, Qirg‘iziston SSR xalq yozuvchisi, Qirg‘iziston SSR FA akademiki, Jamiyatshunoslik mehnat qahramoni, O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik»,» Buyuk xizmatlari uchun» ordenlari soxibi Chingiz Aytmatov (Chingiz To‘raqulovich Aytmatov) asari asosida teatr bosh rejissyori «Shuhrat» medali sovrindori Farxod Boltayev va teatr bosh rassomi Xayrullo Chorshanbiyevlar tomonidan sahnalashtirilgan «Momo yer» spektakli barcha tomoshabinlar qalbini larzaga soldi.

Spektakl yakunida so‘z olgan faxriy nuroniylar, jurnalistlar hali teatrda bunday asar ko‘rmaganliklari, bu asarni ko‘zda yosh bilan tomosha qilishganliklarini aytib asar muallifi, spektakl rejissyori, rassomi, aktyor va ijodiy texnik xodimlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi…

What's your reaction?

Leave a comment