Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi 86-ijodiy mavsumini ochdi. Mavsum ochilish hamda 1-oktabr o`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Erkin Xushvaqtov asari asosida sahnalashtirilgan «Andishali kelinchak» spektakli namoyish etildi. Tantanali ochilish marosimiga davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, viloyat madaniyat boshqarmasi, madaniyat va sanʼat sohasi vakillari, o‘qituvchilar va sanʼat ixlosmandlari ishtirok etishdi. Teatrning 86-mavsumi ochilishda so‘z olgan Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig`i Q.Amonqulov teatr jamoasining o‘tgan yillar davomida erishgan yutuqlari, pandemiya sabab joriy qilingan karantin choralariga qaramasdan yangi sahna asarlari yaratilgani, bugun teatr yoshlari yangi va yaxshi tashabbuslarini ilgari surishayotganini eʼtirof etib, teatr jamoasini yangi mavsum ochilishi bilan muborakbod etdi. Qizg‘in va taʼsurotlarga boy tarzda yangi ijodiy mavsumini boshlagan teatr ijodkorlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.   

What's your reaction?

Leave a comment