27-mart Teatr tomoshalari haftaligining oxirgi kuni Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Haftalikning so‘nggi kunida teatrga tashrif buyurgan mehmonlar, kirish zalida tashkil etilgan ko‘rgazmalar bilan tanishdilar. Shundan so‘ng teatr ijodkorlari hamisha ma’naviyat oshyoniga tashrif buyurishga odatlangan tomoshabinlarga minnatdorchilik bildirb, teatr jamoasini kasb bayramlari bilan muborakbod etishdi. Chingiz Aytmatov asrai (Turob To‘la insenirovkasi) asosida, teatr bosh rejissyori, «Shuhrat» medali sovrindori F. Boltayev tomonidan sahnalashtirilgan «Momo yer» spektakli namoyish etildi. Spektaklni davomli olqishlar va ko‘zda yosh bilan kuzatgan tomoshabinlar teatr ijodkorlariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishib, kasb bayramlari bilan muborakbod etishdi.

What's your reaction?

Leave a comment