Qaraqulova Muyassar Zafarovna

Umumiy mehnat staji 28 yil. Mazkur vazifada 2014 yildan ishlamoqda.

M.Qaraqulovaning jamiyat, madaniyat va teatr sanʼati rivoji yo‘lidagi fidokorona mehnatlari uchun 2014 yil “Mustaqillikning 20 yilligi” ko‘krak nishoni bilan, 2016 yil “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

2019 yilda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati etib saylandi.

M.Qaraqulova Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida rahbar sifatida ham qisqa muddatda teatrning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarning ish sharoitlarini yaxshilashga, yosh mutaxassislarni ishga qabul qilib, ularning ijodini qo‘llab-quvvatlash, teatrning ijodiy salohiyatini ko‘tarishga erishmoqda.

Shuningdek, teatr sanʼati sohasining malakali mutaxassislarini jalb etgan holda teatr aktyorlarining sahna harakatlarini va nutq madaniyatini yana-da yaxshilash maqsadida mahorat darslarini tashkil etishda hamda teatr jamoasining viloyatda tashkil etilayotgan madaniy-marifiy tadbirlar, vatanparvarlik oyligi doirasidagi uchrashuv va tadbirlar, viloyat markazida tashkil etilgan yangi yil shodiyonalaridagi konsert dasturlari va teatrlashtirilgan tomoshalardagi chiqishlarini tashkillashtirishda jonbozlik ko‘rsatib kelmoqda.

M.Qaraqulova zimmasidagi masʼuliyatni his etadigan, xodimlarga g‘amxo‘r, jamoani o‘z oilasidek jipslik, hamjihatlikda saqlayotgan jonkuyar, har jihatdan o‘rnak bo‘ladigan qobiliyatli rahbar