Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri bosh rejissyori, “Shuhrat” medali sovrindori Boltayev Farxod Nazarovich.

F.Boltayev 1995 yildan buyon mazkur teatrda ishlab kelmoqda.

U  teatrda namoyish  etilgan  sahna  asarlarining  mohir ijrochisi va rejissyori sifatida  tanilgan. Ovoz diapozoni va aktyorlik mahorati uning ko‘plab musiqali  dramalarida bosh rollarni ijro etishga zamin yaratdi. 2018 yil “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan. Mazkur vazifada 2020 yil fevraldan ishlamoqda. F.Boltayev musiqali sahna asarlarining mohir ijrochisi yuksak mahorat sohibi va rejissyori sifatida tanilgan. Ovoz diapozoni va aktyorlik mahorati uning ko‘plab musiqali dramalarida bosh rollarni ijro etishiga imkon bergan. F.Boltayev 2018 yilda Rossiya davlati Moskva shahrining Maloy Bronoy drama teatrida o‘z kasbiy mahorati va malakasini oshib qaytdi. F.Boltayev o‘z istedodini talabalik yillaridayoq namoyon etdi. Malakaviy ishlar, oliygohdagi ijrolari rejissyorlar eʼtiboriga tushdi va teatr sahnasida bir qancha obrazlarni yuksak mahorat bilan talqin etgan. U O‘.Umarbekov asari asosida sahnalashtirilgan “O‘z arizasiga ko‘ra” spektakldagi Sh.Rahimov obrazi orqali mutaxassislar eʼtiboriga tushgan bo‘lsa, G.Gorin asari asosidagi “Nomi o‘chsin” spektaklidagi bosh qahramon Gerastrat obrazini talqin etishi orqali  ko‘pchilik mutaxassislarning olqish va eʼtiroflariga sabab bo‘lgan.

Aktyorning yuksak ijro mahorati munosib baholanib 2000 yil oliygohda o‘tkazilgan Talaba yoshlar ijodiyoti 1-ko‘rik festivalida  “Eng yaxshi erkak roli ijrosi” naminatsiyasi g‘olibi deb topildi. Izlanuvchan yorqin isteʼdod sohibi bo‘lgan F.Boltayev Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va sanʼat instituti talabalari loyihasi asosida sahnalashtirilgan “Xazon bo‘lgan umrlar” spektaklidagi bosh qahramon Nazirjon obrazini ham betakror ko‘rinishda sahnaga olib chiqdi. Uning talqinidagi bu ijro sanʼatshunos, teatrshunos olimlar, rejissyorlar va akademiklar tomonidan yuksak baholangan.

F.Boltayev 2001 yil talabalik davrida o‘tkazilgan “Talaba yoshlar ijodiyoti” ikkinchi ko‘rik festivalida oliygoh tarixida ilk bor “Yilning eng yaxshi talabasi” deb topildi. Bugungi kun uchun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan u tomonidan sahnalashtirilgan “Xazon bo‘lgan umrlar” spektakli yurtimiz hududi bo‘ylab gastrol safarida bo‘lgan.

F.Boltayevning 2003 yil hozirgi Farg‘ona viloyat teatridagi faoliyati davomida yaratgan obrazlari ham tomoshabinlar eʼtiborini qozongan.

F.Boltayev o‘tgan davr mobaynida 70 ga yaqin spektakllarda betakror obrazlar yaratgan. 20 dan ortiq teatrning eng tomoshabop va kassabob spektakllarini sahnalashtirdi. Bir qancha hujjatli va kino filmlarda betakror obrazlar yaratdi. Uning bosh qahramon obrazlari talqini spektaklning muvofaqqiyati va tomoshaviyligini taʼminlab kelmoqda.  “Nomi o‘chsin”da (bosh qahramon) Gerostart, “Xazon bo‘lgan umr”dagi (bosh qahramon) Nazirjon, “Ot egasi”dagi (film, bosh qahramon ) Inot, “Ona”dagi (bosh qahramon) O‘g‘il, “Qotil yuragi”dagi (bosh qahramon) Luiji Lambarde, “Oq yomg‘ir”dagi (bosh qahramon) Bahoviddin Naqshbandiy, “Chegarachi”dagi Xolbek, “Alisher Navoiy”dagi (bosh qahramon) Husayin Boyqaro, “Janaza”dagi (film, bosh qahramon) O‘g‘il, “Alpomishning qaytishi”dagi (bosh qahramon) Alpomish, “Allomai zamon”dagi (bosh qahramon) Al-Hakim at-Termiziy “Adolat fasli”dagi (bosh qahramon) Amir Temur obrazlarining betakror ijrosi buning yorqin naʼmunasidir.

Xuddi shunday Mamlakatimiz rahbarining 2018 yil 19-20 yanvar kunlari viloyatga tashriflari chog‘ida, teatr ijodkorlari bilan bo‘lgan muloqotda berilgan topshiriqlar asosida yaratilgan “Alpomishning qaytishi”da (bosh qahramon) Alpomish, “Allomai zamon”da (bosh qahramon) Al-Hakim at-Termiziy obrazlarini talqin etgan aktyorning betakror ijro mahorati va topilmalari, spektakllarning muvofaqqiyatini taʼminladi. F.Boltayevning ijrolari va yaratgan har bir obrazi spektakllarning muvofaqqiyatini taʼminlabgina qolmay, tomoshabinlar va mutaxassislar tomonidan yuksak baholanib, aynan uning ijrosi eʼtirof etilib kelinayapti. O‘z kasbining fidoiysi va sanʼatkori bo‘lgan  F.Boltayevning yaratgan obrazlarini mukammal ijrosi, aktyorning teatr sanʼati olamida o‘z o‘rnini belgilashi va ustoz sanʼatkor sifatida katta tajribaga egaligini namoyon etdi. F.Boltayev o‘tgan  davr ichida teatr sohasida yetuk mutaxassis sifatida o‘zini ko‘rsataoldi. U teatrda nafaqat mahoratli rejissyor va aktyor,  tashkilotchi, teatrdagi yosh aktyorlarning ustozi sifatida katta eʼtibor qozondi.

F.Boltayev iiloyat miqiyosida o‘tkaziladigan Mustaqillik va Navro‘z umumxalq bayrami va xalqaro miqyosdagi festivallarda namoyish etilayotgan teatrlashtirilgan tomoshalar, gastrol safarlari va madaniy-maʼrifiy tadibirlarni tashkil etishda aktyor, rejissyor sifatida faol ishtirok etib, o‘zining yuksak isteʼdodidan sanʼat ixlosmandlarini bahramand etib kelmoqda. Viloyatimiz va Respublika miqyosidagi gastrol safarlari, bayramlar arafasida tashkil etilayotgan uchrashuvlarda, voha mehnatkashlari va yoshlar bilan muloqotlarda, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni targ‘ib qilib kelayapti.

F.Boltayev qisqa muddatda teatr repertuaridan o‘rin olgan va repertuarning eng tomoshabob, yuksak tarbiyaviy ahamiyatga ega spektakllarining vujudga kelishini taʼminladi. F.Boltayev yuksak mahorat egasi sifatida, o‘zi ishtirok etgan spektakllarni boshqaribgina qolmay, rejissyor sifatida ham biri-biridan ajoyib spektakllar yaratgan ijodkor. Jumladan tarbiyaviy ahamiyatga ega, eng kassabob, kichik yoshdagi tomoshabinlar uchun qiziqarli va sarguzashtlarga boy “Sehrli hassa”, “O‘rmon g‘aroyibotlari”, “Yangi yil sarguzashtlari”, “Dehqonbobo Hiylasi”, “Oppoqoy”, “Oltin sochli Malika”, “Sehrli o‘rmon”, “Quvnoq Pingvingchalar”, “Dengiz g‘aroyibotlari”, shuningdek, teatr repertuaridan o‘rin olgan global mavzularni qamrab olgan  “Xazon bo‘lgan umrlar”, “Jannatga biz bilan kir”,  “Sen gulsan..”, “Chegarachi”, “Xazina”, “Ziyo qalʼasi”, “Adolat fasli” spektakllarni sahnalashtirib, tajribali va keng dunyoqarashga ega rejissyor ekanligini namoyon etdi. U hech kim sahnalashtirishga botinolmagan asarlardan ham tomoshabin va msuallifni hayratlantiraoladigan asarlar yaratdi. U yaratgan asarlar yillar davomida, dolzarb mavzularni qamrab olinganligi, davr ruhiga mosligi va zamonaviy ahamiyatga ega ekanligi, tarbiyaviy va g‘oyaviy kuchliligi bois tomoshabinlarning xoxish va istaklariga ko‘ra teatr repertuaridan tushmay kelayapti.

Yana bir tarixiy ahamiyatga molik jihat shundaki yurtboshimizning 2017 yildagi adabiyot va sanʼat sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan muloqotda bergan topshiriqlari va 2018 yilda Surxondaryo viloyatga qilgan tashriflari chog‘ida, teatr ijodkorlari bilan uchrashib, Alpomish va Termiziylar haqida spektakllar yaratish borasidagi tavsiyalari asosida F.Boltayev teatrda birinchilardan bo‘lib,  yuksak maʼnaviy va tarbiyaviy ahamiyatga ega “Ziyo qalʼasi” spektaklini yaratdi. Diniy va dunyoviy ilmga ega ajdodlarimizdan biri “Hakimiya” tariqatini dunyoga yoygan Muhammad al-Hakim at-Termiziy hazratlari. Termizdagi Qirqqiz qalʼasida IX asrda “Ayollar akademiyasi” tashkil etilganligini isbotlovchi “Dorulhikma muhri” topilgan. “Ziyo qalʼasi” spektakili ham “Ayollar akademiyasi” asoschisi Muhammad al-Hakim at-Termiziyning volidai muhtaramalari Tanzilai Davronaning shogirdlari, alloma Varroq Termiziyning qizlari, Ruhayda binti Varroq al Bug‘iy hayotini aks ettiruvchi sahna asaridir.

2018 yilning 27 iyun kuni primerasi bo‘lib o‘tgan ushbu asar va uning ahamiyati ommaviy axborot vositalari xodimlari va keng jamoatchilikning eʼtirof va olqishlariga sazovor bo‘ldi.

O‘tgan davr mobaynida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi ko‘plab ijodiy yutuqlarga erishdi. Bu yutuqlar zamirida F.Boltayev kabi fidoiy va o‘z kasbining ustalari bo‘lgan ijodkorlarning mashaqatli mehnatlari mujassam. Teatrdagi faoliyatidan farqli o‘laroq mahoratli aktyorning salohiyati va samarali mehnatlariga talabalik yillarida yaratgan obrazlari, kino filmlardagi ijrolari, Respublika va xalqaro miqyosdagi festivallardagi ishtirokiga xolisona baho berilgan. Jumladan teatr sanʼati rivoji yo‘lida munosib xizmat qilib, aktyorlik va rejissyorlik mahoratini namoyon etib kelayotgan F.Boltayev 2000 yil M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutida o‘tkazilgan Talaba yoshlar ijodiyoti 1-ko‘rik festivalida “Nomi o‘chsin” spektaklidagi Gerostrat roli ijrosi uchun “Erkak rolining eng yaxshi ijrosi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, F.Boltayev 2000 yil Qozog‘iston Respublikasining Almata shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro yosh kino rejissyorlar festivalida “Ot egasi”dagi Inot obrazi“Eng yaxshi dramatik aktyor”, 2005 yilda Toshkent shaxrida bo‘lib o‘tgan yosh rejissyorlarning Debyut-1 festivallarida “Xazon bo‘lgan  umrlar” spektaklidagi Nazirjon obrazi bilan nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, lauriat bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi “O‘zbekiston madaniyati va sanʼati forumi” jamg‘armasi bilan hamkorlikda 2011 yilning 17-26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan II-Xalqaro teatr sanʼati festivalida F.Boltayevning Sh.Rizayev asari asosida sahnalashtirilgan “Ona” spektaklidagi bosh rol “O‘g‘il” obrazi ijrosi festivalning  “Erkak rolining eng yaxshi ijrochisi ” nominatsiyasiga loyiq topilgan. F.Boltayev aktyor sifatida bir qancha kino filmlarda ham suratga tushgan. Uning “Janaza” filmidagi mukammal obrazi ham tomoshabinlar qalbini zabt etgan.

2017 yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Seni kuylaymiz, zamondosh!” O‘zbekiston teatrlarining IV-Respublika festivalida, o‘zida zamon qahramoni obrazini ifodalagan R.Orifjonov va A.Ergashevlar asari asosida F.Boltayev tomonidan sahnalashtirilgan “Chegarachi” spektaklida ishtirok etib, festivalda III-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Odatda rejissyor mukammal asar sahnalashtirish uchun oylab, yillab fursat sarflaydi. Har qanday sinovlarni yengishga qodir, teatrda o‘nlab isteʼdodli shogirdlarni kashf etgan va ajoyib maktab yaratgan F.Boltayev teatrdagi faoliyati davomida juda qisqa fursatlarda spektaklni chiqarish vazifasi topshirlib kelinishiga qaramay, bu spektakllarning har tomonlama mukamal darajada sahnalashtirishning uddasidan chiqib kelgan.

Aktyorlik, rejissyorlik sohasida isteʼdodini namoyon etib kelayotgan, katta  tajriba,  yuksak  salohiyat  egasi,  ijodkor  yoshlarning  ustozi F.Boltayev viloyat madaniyat va sanʼatida o‘ziga xos maktab yaratgan ustozlari B.Yo‘ldoshev, A.Ismoilovlarning shogirdi sifatida yuksak salohiyatli, badiiy, g‘oyaviy barkamol asarlar yaratib kelmoqda.

F.Boltayev teatr sanʼati rivoji yo‘lidagi xizmatlari uchun viloyat hokimligi va boshqa tashkilotlarning diplom, faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.

F.Boltayev 2018 yilda yaratgan betakror obrazlari va uzoq yillik samarali mehnatlari va “Alpomishning qaytishi” spektaklidagi Alpomish obrazi talqini uchun viloyat hokimi E.Turdimovning tavsiyasi bilan  “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

F.Boltayev kelgusida ham Respublika teatr sanʼati taraqqiyotida, o‘z so‘zini aytadigan yetuk rejissyor sifatida, ijodiy salohiyatini namoyon etishi va o‘zbek teatr sahna sanʼatini dunyoga targ‘ib qilinishi yo‘lida doimgidek fidoiylik bilan mehnat qilishiga ishonamiz. F.Boltayevning yutuqlari va jamoaning muvofaqqiyatlaridagi xizmatlari tahsinga sazovor.