Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri bosh rassomi Ismoilov Umar Erkinovich

Teatrda yaratilayotgan yangi spektakllarga ijodiy yondoshgan xolda o‘ziga xos yechimga ega dekoratsiya va sahna bezaklari yaratib kelmoqda.

Teatr  foyesini bezash,  rasmlar, eskiz  va  maketlarni   joylashtirish va nazorat qilish, afisha va programmalarni eskizini  yaratish  va  yozishga maʼsuliyat bilan qaraydi.

Spektakllarning dekoritsion mukammal bo‘lishi, barcha spektakllarning yuksak g‘oyaviy-badiiy, tomoshabinlar diqqatini jalb etadigan darajada bezatilishiga alohida ahamiyat berib, rejissyor bilan hamfikrlikda ish olib boradigan iqtidorli rassomdir.

Badiiy kengash tomonidan belgilab berilgan spektakl uchun dekoratsiya va kiyimlar eskizini o‘z vaqtida sifatli tayyorlab o‘z vaqtida Badiiy kengashga taqdim etadi. Teatrning joriy repertuaridan o‘rin olgan spektakllar dekoratsiyalarini nazorat qilib, nosoz joylarini taʼmirlaydi, joriy repertuar, afisha va reklamalarini sifatli tayyorlab kelmoqda.

2004 yil Toshkent shahrida  o‘tkazilgan Qo‘g‘irchoq teatrlar festivalida “Yaxshilik nima” spektakli bilan ishtirok etib, sahnalashtiruvchi rassom sifatida festival diplomi bilan taqdirlangan. Shuningdek, 2010 yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Teatr rassomlari” festivalida ishtirok etib, uning qobiliyati yuqori baholanib diplom bilan taqdirlangan.

U.Ismoilov 2008-2011 yillarda “Lo‘li qiz”, “Makkora”, “Ziyo qalʼasi” “Uch kunlik dunyo”, “Taqib” kabi spektakllarni yaratishda sahnalashtiruvchi rassom sifatida faol ishtirok etdi.

U.Ismoilov sahna texnikasi va texnologiyasi, yong‘in xavfsizligiga  qatʼiy rioya qilgan holda o‘z ish faoliyatini olib bormoqda. U.Ismoilov teatr sanʼati rivoji yo‘lida fidoiylik bilan xizmat qilayotgan iqtidorli ijodkordir.