Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri drama aktyorligi bo‘yicha sahna ustasi Oripov Hamid Shaymardonovich

O‘zbekistonda Respulikasida xizmat ko‘rsatgan artist

X.Oripov o‘z faoliyati davrida turli janrlardagi obrazlarni yaratib, iqtidorli aktyor sifatida tomoshabinlar qalbidan joy oldi. I.Sulton va Uyg‘un asari “Alisher Navoiy”da Navoiy, N.Parda asari “Sobir Termiziy”da Termiziy, U.Azim asarlari “Alpomishning qaytishi”da Alpomish, “Tug‘ilgan kun”da Davlat Zamonovich, Q.Abdunabiyev asari “Amir Temur va Yildirm Boyazid”da Amir Temur, Ostrovskiy asari “Sepsiz qiz”da Paratov, X.Xursandov asarlari “Qirra bobo

qissasi”da Asror, “O‘lding aziz bo‘lding”da Sulton, “Muhabbatim   qismatim   mening”da   O‘g‘il,  X.Xursandov “Kampir topaymi, dadajon”da Ashur, Sh.Raxmatullayevning “Shox va shoir rivoyati”da Shoir, X.Xursandovning “Pogon taqqan odamlar”da To‘rayev, X.Xursandovning “Qaysar cholning qilig‘i”da Sulton, I.Bukovchan asari “Qotil yuragi”da Xarbiy, V.Delmar asari “G‘ariblar”da Katta o‘g‘il, T.Zulfiqorov, Sh.Rahmatullayevlarning “Shox va shoir” asarida Amir Temur, I.Sulton va Uyg‘un asari “Alisher Navoiy”da Navoiy, R.Orifjonovning “Chegarachi” asarida Palkovnik kabi bir qator rollarni maromiga yetkazib ijro etgan, noyob isteʼdod sohibidir. Shuningdek viloyat  markazida  bo‘lib  o‘tadigan Mustaqillik, Navro‘z bayramlaridagi teatrlashtirilgan tomoshalar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlarda o‘z ijodiy  mahorati, yuksak notiq va zakovatini namoyon etib kelmoqda.

X.Oripov teatr jamoasining 2007 yil noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ijodiy hisobot gastrolida o‘zining yetuk aktyor ekanligini yana bir bor namoyish etdi. U ijro etgan X.Xursandov asari “Qaysar cholning qilig‘i”dagi Sulton, Sh.Raxmatullayev tatabbusi asosida yaratilgan “Shox va shoir”dagi Shoir obrazlari teatrshunos olimlar, dramaturglar, professor o‘qituvchilar, yetuk aktyorlar, sanʼat ixlosmandlari tomonidan aloxida eʼtirof etib o‘tildi.

Uning yaratgan obrazlarini tomoshabinlar zo‘r qiziqish va hayrat bilan kutib oldilar.

Uning bu qabiliyatiga Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Navro‘z-2007” Halqaro akademik teatrlar festivali va 2008 yil oktyabr oyida Qohira shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro eksperemental teatrlar festivalida ham munosib baho berildi. X.Oripov ijro etgan X.Xursandov asari “Qaysar cholning qilig‘i” spektaklidagi Sulton obrazi, 2010 yilning 24 maydan  2 iyungacha  Qozog‘iston Respublikasining Almati shahrida bo‘lib o‘tgan III-Xalqaro Markaziy Osiyo davlatlari teatr sanʼati festivalida  namoyish etilgan spektakldagi roli hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi “O‘zbekiston madaniyati va sanʼati forumi” jamg‘armasi bilan hamkorlikda 2011 yilning 17-26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan II-xalqaro teatr sanʼati festivalida namoyish etilgan “Ona” spektaklidagi Xoqon obrazlari  o‘zgacha bir talqinda yaratilganligi, undagi ijodiy mahorat va ijrosi spektallarning muvaffaqiyatli chiqishida juda katta rol o‘ynagani, teatr jamoasida shunday maxoratli aktyorlar borligi  teatrning eng katta yutug‘i ekanligi festival ishtirokchilari tomonidan aytib o‘tildi.

Bugungi kunda X.Oripov teatrning profes-sional yetuk sanʼatkorlaridan biri sanaladi. U  viloyatimiz  teatr  sanʼatini targ‘ib qilish bilan bir qatorda  viloyat televideniye va  radiosidagi eshittirish va ko‘rsatuvlarida ham mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, sanʼat sohasidagi yangiliklarni faol targ‘ib qilib kelmoqda.

X.Oripov ustoz sanʼatkor, yuksak mahoratli aktyor. U yaratayotgan obrazini to‘laqonli gavdalantira olishi barobarida, spektakl tizginini boshqara olish xususiyatiga ega. X.Oripov spektaklda rol ijro etayotgandan o‘z partnyorini holatdan olib chiqish, spektakl tempo ritmini muvozanatda ushlab turish kabi xislatlari orqali butun boshli spektaklni boshqara oladi. Uning hatti-harakatlari, yaratayotgan obrazining hayoti bilan yashay olish kabi noyob qobiliyatlari tomoshabinlarni hamisha hayratlantirgan.

X.Oripov ijod  qilish  bilan  bir qatorda teatr yoshlariga hamfikr, hamnafas ustoz hamdir. Bunday serqirra ijodkor, spektakllar tizginini to‘liq boshqarish qobiliyatiga ega sanʼat darg‘asi. U kelgusida ham teatr sanʼati rivojiga, o‘zbek teatr sanʼatini keng targ‘ib qilishiga munosib xizmat qiladi.

Yoshlarga hamfikr, hamnafas ustoz H.Oripov 1999-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.