Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri drama aktyorligi bo‘yicha sahna ustasi Ramazonov Bozor Avazovich

    

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

B.Ramazanov o‘z faoliyati davomida turli janrlardagi obrazlarni yaratib, iqtidorli aktyor sifatida tomoshabinlar qalbidan joy oldi. Aktyor yaratgan “Ufq”da Choyxonachi, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”da To‘xta, “Oq kema”da Ko‘katoy, “Momo yer”da Jobid, “Zo‘ldir”da  Shodiboy, “Bir o‘likka bir tirik”da Soqchi, “Nurxon”da Mamat, “Qamashgan ko‘zlar”da Mo‘min, “Adib Sobir Termiziy”da Julug‘, “Aka-uka sovchilar”da Zokir, “Istambul fojiasi”da Suratkash, Mashrab, “O‘chmasin chiroq”da Bozor, “O‘lim halqasi”da podpolkovnik Hamroyev, “Pogon taqqan odamlar”da Sobirov, “Kampir topaymi, dadajon”da Shodi, “O‘lding aziz bo‘lding”da Doston, “Sudxo‘rning Pari qizi”da To‘rabobo, “Xotimning uch oshig‘i”da Artur, “Qirra bobo qissasi”da Alg‘ash, “Xotinlar hazili”da Komil, “Bir qadam yo‘l”da Qosim,  “Alpomishning qaytishi”da Baxshi, “Amir Temur va Yildirim Boyazid”da Masxara, “Layli va Majnun”da Majnun, “Sadoqatli arvoh”da Eshmat, “Samantoy”da Zufar, “Eski shahar gavroshlari”da Militsioner, “Yulduz so‘ndi”da Brigadir, “Afandizoda”da Qozi, “Tug‘ilgan kun”da Asilbek, “Jannatga  biz  bilan  kir”da  Xushxabarchi, “Jannat   izlab”da   Ahad,   “Qotil  yuragi”da Mayor Apilgeyt, “Ona”da Roviy, “Ilondara”da Qosim, “Oq yomg‘ir”da Xoja Abduholiq G‘ijduvoniy, “Alisher Navoiy”da Abulmalix kabi bir qator rollarni maromiga yetkazib ijro etdi.

N.Parda asari asosida sahnalashtirilgan “Adib Sobir Termiziy” spektaklidagi B.Ramazanov yaratgan “Julug‘” obrazi viloyat kasaba uyushmalari tomonidan taʼsis etilgan “Adib Sobir Termiziy” mukofoti va Q.Abdunabiyev asari asosida sahnalashtirilgan “Amir Temur va Yildirim Boyazid” spektaklidagi Masxara va X.Xursandov asari asosida sahnalashtirilgan “Kampir topaymi, dadajon?” spektaklidagi Shodi rollari uchun “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi bo‘yicha sovrindorlikni qo‘lga kiritdi.

B.Ramazanov teatr jamoasining 2007 yil noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ijodiy hisobot gastrolida o‘zining yetuk aktyor ekanligini yana bir bor namoyish etdi.

U ijro etgan X.Xursandov asari “Qaysar cholning qilig‘i” spektaklidagi Doston obrazi teatrshunos olimlar, dramaturglar, professor o‘qituvchilar, yetuk aktyorlar, sanʼat ixlosmandlari tomonidan alohida eʼtirof etib o‘tildi.

Unga bunday olqishlar Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Navro‘z-2007” Halqaro akademik teatrlar festivalida va 2008 yil oktyabr oyida Qohira shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro eksprimental teatrlar festivalida, 2012 yil 17-26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan II-Xalqaro teatr sanʼati festivalida hamnasib etdi.

2008 yil oktyabr oyida Qohira shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro eksperemental   teatrlar    festivalida,    teatrimizning    yetuk    aktyori    Bazar Ramazanov  ijro etgan X.Xursandov asari “Qaysar cholning qilig‘i” spektaklidagi Doston obrazi o‘zgacha bir talqinda yaratilganligi uchun 2010  yil  Almata shaharlarida  xalqaro   ekspremental  teatr   festivallarida xamda 2012 yil 27 avgust kuni O‘zbekiston teatrlari sanʼati festivalining  1-Respublika tanlovida teatr tomonidan sahnalashtirilgan “Shijoat” spektaklidagi Kapitan Sobirov roli ijrochisi uchun “Erkak rolining eng yaxshi ijrosi” naminatsiyasiga munosib ko‘rildi. Undagi ijodiy mahorat va ijro spektalning muvaffaqiyatli chiqishida juda muhim ekanligi, teatr jamoasida shunday mahoratli aktyorlarning ko‘pchilik ekanligi festival ishtirokchilari tomonidan alohida taʼkidlab o‘tildi.

B.Ramazanovning samarali ijodi munosib baholanib 2013 yilda  “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.