Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri drama aktyorligi bo‘yicha sahna ustasi Mirkurbanov Yuldash Mirkurbanovich

(O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist)

        Yo‘ldosh Mirkurbanov  2001 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlangan.

Y.Mirqurbonov 1977  yildan buyon bir qator rang-barang obrazlar yaratdi. Jumladan, “Maysaraning ishi”da Hidoyatxon, “O‘jarlar”da Farxod, “Alpomish”da Boybo‘ri, “Jannat izlab”da Sanjar, “Shijoat”da Mavzur Rahimov, “Qaysar cholning qilig‘i”da Mavlon ota, “Xotinimning uch oshig‘i”da  Professor, “Ufq”da Ota, “Adib Sobir Termiziy”da Nizomulmulk,  “Ayajonlarim”da Ashuraliyev, “O‘lim xalqasi”da Mayor, “Kelinlar qo‘zg‘olonida”da  Muxbir, “Ona”da Roviy, “Qotil yuragi” Advokat, “Jannatga biz bilan kir”da Adms Jeyms, “Oq   yomg‘ir”da  Xazrat Sayid Mir Kulol, “Alisher Navoiy”da Shayxulislom  “Xazon bo‘lgan umrlar”da Chol kabi bir qator obrazlarni yuksak mahorat bilan talqin etib kelmoqda. Yu.Mirqurbonov o‘tgan davr mobaynida yaratgan har bir obrazi, hattoki kichik epizodik rollari bilan ham tomoshabinlarni qalbidan joy olgan, olqishlariga sazovor bo‘lib kelayotgan noyob isteʼdod sohibi.

Shuningdek, Yu.Mirkurbanov viloyatda bo‘lib o‘tayotgan barcha bayramlar, targ‘ibot, madaniy-maʼrifiy uchrashuvlarda aktyor, moxir notiq  sifatida faol ishtirok etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini keng targ‘ib qilib kelayotgan, o‘tkazilgan  tadbirlarning yuksak badiiy saviyada o‘tishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan sanʼatkordir.

Yu.Mirkurbanov teatr jamoasi bilan birga 2007 yil 5-12 aprel           kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Navro‘z-2007”, 2008 yil Kohira va 2010  yil  Almata shaharlarida  xalqaro   eksperemental        teatr    festivallarida, 2011 yil 27 avgust kuni O‘zbekiston teatrlari sanʼati festivali 1-Respublika tanlovida hamda 2013 yilning  23-28 iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan II-respublika ko‘rik festivalida ishtirok etib, u yaratgan obrazlar festival ishtirokchilari va xayʼat aʼzolari tomonidan yuksak baholandi.

Uning “Qaysar chol”spektaklidagi Mavlon ota roli Olmata teatr festevalida “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasiga loyiq topildi. Yu.Mirkurbanov viloyat va mamlakatimiz bo‘ylab tez-tez ijodiy safarlarda bo‘lib,  mehnatkashlar, sanʼat ixlosmandlari bilan uchrashuvlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Yu.Mirkurbanov serqirra ijodkor, kasbining fidoiysi. U yaratgan obrazlarini boshqa aktyorlar ijro etganda tomoshabinlar qabul qilaolmaydigan darajada ijro etadi.  Shu bois ham Yu.Mirkurbanov nafaqat viloyat balki, Respublika teatr sahna sanʼatida o‘z o‘rnini topgan,  o‘z maktabini yarata olgan isteʼdodli ijodkordir.

Yu.Mirkurbanovning mahorat maktabidan bahra olayotgan ijodkorlarga, sanʼatni ulug‘lab kelgan serqirra ijodkor bilan yelkadosh bo‘lib ijod sahnasida kurtak cho‘zayotgan yosh shogirdlariga bunday iqtidor egalari bilan hamnafas bo‘lib ishlash ham katta baxt. Zero bunday qobiliyat egasining umr va ijod yo‘li ibrat bo‘lgulik.