Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri oliy toifa drama aktyori Burxonov Kudratillo

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

         Q. Burxonov teatr sahnasida bir qator rang-barang obrazlar yaratdi. Jumladan, “O‘jarlar”da Keldiyor, “Temir xotin”da Qo‘chqor aka, “Alpomish”da Qorajon, “Vatan ishqida”da Azim Boyvachcha,  “Jannat izlab”da Komil, “Jon qizlar”da Dotsent, “O‘n sakkiz yoshligimda”da Jo‘ja Xo‘roz, “Mehribonlar”da Bo‘ri, “Kavkazli jiyancha” da Bibirli, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”da Komil, “Momo yer”da Bektosh, “Bir o‘likka bir tirik”da Nagasaki, “Arshin mol olon”da Vali, “Skapenning nayranglari”da Skapen, “Xotinlar        xazili”da        Er,     “Alisher Navoiy”da Abumalik, “Jononga bordim bir kecha”da Haydar, «Sobir Termiziy»da Saroy ayoni, “Chimildiq”da Kuyov, “Farishta” da Chol, “O‘lding  aziz bo‘lding”da Bo‘stoniy,  “Tug‘ilgan kun” da Chaman, “Ona”da Qaroqchilar boshlig‘i, “Munajjim”da Munajjim, “Alla”da Komil, “Oq yomg‘ir”da Sayyid Burxoniddin, “Ayol haqida qasida”da Aka  kabi bir qator obrazlarini katta muvaffaqiyat bilan yuksak badiiy saviyada   yaratib   tomoshabinlar   ko‘nglidan joy olib mutaxassislar etiboriga tushdi.

Q.Burxonov teatr jamoasi bilan birgalikda 2008 yil oktyabr oyida Qohira shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro eksprimental  teatrlar festivalida,  Qozog‘iston Respublikasi Olmota shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlarining Xalqaro teatrlar festivalida, 2011-yil teatr ijodkorlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan I-respublika teatrlar sanʼati festivali hamda shu yili 17–26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan II-Xalqaro teatr sanʼati festivalida, 2013-yilning 23–28 iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan  II-respublika teatrlar tanlovida faol ishtirok etdi.

1998 yilda ko‘p yillik mehnatlari munosib baholanib “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.