Shokirov  Shuxrat  Abdusalomovich

Oliy toifali solist-vokalist

Sh.Shokirov ushbu teatrda musiqali sahna asarlarining mohir ijrochisi va rejissyori sifatida tanilgan.

Ovoz diapozoni va aktyorlik mahorati uning ko‘plab musiqali  dramalarida obrazlar ijro etishda imkon berdi. Xususan uning “Tashna qalb”da Rais, Xasan, “Qilich botir”da Ajdar, “Dard ko‘rmagan erka bolam”da Shomil, “Afandizoda”da      Ubaydulloxon,    “Taʼ-

qib”da Salim, “Ona”da  Yasovul, “Adib Sobir Termiziy”da Dehqon yigit, “Ilondara”da Inog‘om, “Qo‘ng‘iroqlar  sadosi”da Tulki, Yusuf, “Bebaho bolalik”da  Salim, “Sehrli hassa”da Vaqilla, “Xazon bo‘lgan umrlar”da Terrorchi yigit, “O‘rmondagi voqea”da Ovchi, “Alla”da Shogird, “Jannatga biz bilan kir”da Sekta aʼzosi, “Sen gulsan…”da Odilbek, “Yangi yil spektakllari”da Bo‘ri, Quyon, Maymun, Skilet, O‘rgimchak, Qirol Julian “Alisher Navoiy”da Mansur, “Xazon bo‘lgan umrlar”da Afg‘on josusi va boshqa spektakllardagi rollari mutaxasislar eʼtirofini va tomoshabinlar mehrini qozondi. Bundan tashqari u bir qancha kino filmlarda ham kichik epizodik rollarni ijro etdi. “Baron” filmida ham u isteʼdodini sinab ko‘rdi va o‘z vazifasini muvofaqiyatli ado etdi. Sh.Shokirov jamoat ishlarida juda faol. Viloyatimiz miqiyosida o‘tkazilayotgan Mustaqillik va Navro‘z umumxalq bayramlarining  tantanalarida  rejissyor yordamchisi sifatida faol ishtirok etayotgan ijodkordir. Teatr jamoasi tomonidan viloyatimiz chekka hududlarida o‘tkazilib kelinayotgan uchrashuvlar va jonli muloqotlarda faol qatnashib kelmoqda.

Sh.Shokirov o‘zining kamtarligi hamkasblariga mehribonligi va o‘z kasbining kelajagi porloq aktyori sifatida eʼtibor qozongan. U 2011 yilda “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlash-masining    Toshkent  shahrida bo‘lib o‘tgan I-respublika teatr sanʼati festivali hamda 2011 yilning 17-26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan II-Xalqaro teatr sanʼati festivalida muvoffaqiyatli ishtirok etgan. Sh.Shokirov o‘z vazifasi bilan birgalikda 2012 yilda teatrda  Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan “O‘rmon g‘aroyibotlari” spektaklini sahnalashtirishda  rejissyorlik qilgan mahoratli ijodkor hamdir.

U 2015 yilning may oyida O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti xuzuridagi  «Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish» Tarmoq markazida qayta tayyorlov kursida o‘z malakasini oshirib qaytdi.

Sh.Shokirov hali yosh bo‘lishiga qaramay teatr sanʼatida o‘z o‘rnini topib ulgurgan kichik bir epizodik roli bilan ham tomoshabin eʼtiborini qozongan isteʼdodli ijodkordir.

Shuhrat Shokirovning 2018 yilda sahnalashtirilgan “Alpomishning qaytishi” spektaklidagi Ergashtoz obrazi yosh aktyorning noyob isteʼdodini to‘la namoyon etdi. U yaratgan obraz spektaklning tomoshaviyligini oshiribgina qolmay, ularning olqish va eʼtiroflariga sazovor bo‘lib spektaklga yangicha ruh bag‘ishlaydi. Sh.Shokirov “Ziyo qalʼasi” spektaklidagi Hoshim, “Zamindan olis ketma” spektaklidagi Olim obrazlari bilan tomoshabinlar eʼtiborini qozonib, yuksak mahoratini namoyon etib kelmoqda. Sh.Shokirov o‘z mahoratini namoyon etish orqali 2018 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat oliygohining drama va kino aktyorligi fakultetiga o‘qishga qabul qilindi. Biz bu serqirra isteʼdod sohibining kelgusida ham yaratgan obrazlari orqali teatr sanʼati ravnaqiga munosib hissa qo‘shishiga ishonamiz.