Shaydullo  Xudoyberdiyev

 

Xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

2001 yil “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.  2016 yilda “O‘zbekiston mustaqilligiga 25 yil” estalik nishoni bilan taqdirlandi.

Sh.Xudoyberdiyev ishlab chiqarish sexlari bo‘yicha o‘z malakasini oshirish maqsadida Moskva shahridagi Butunittifoq teatr jamiyatining o‘quv kursida 1979 yili “Teatrlarda badiiy ishlab chiqirish bo‘limi mudiri” mutaxassisligini tomomladi. U doim o‘z vazifasiga talabchanlik va fidoyilik bilan xizmat qilib kelmoqda.

Sh.Xudoyberdiyev o‘zining mehnatsevarligi, ishbilarmonligi, talabchanligi, o‘z ishiga maʼsuliyat bilan yondoshishi, hamkasblariga nisbatan samimiy   munosabatda   bo‘lganligi   bois   jamoa   orasida  eʼtibor   qozongan.  Shaydul Xudoyberdiyev xizmat yuzasidan va qo‘shimcha topshiriqlar berilganda uni doimo halollik bilan bajarib kelayotgan masʼuliyatli rahbar.

Viloyatda bo‘lib o‘tadigan “Navro‘z”, “Mustaqillik”, yirik sport musobaqalari, xotira    turnirlari,    madaniy  —  maʼrifiy  tadbirlar, gastrol safarlari va konsert dasturlarida doimiy ravishda ovoz rejissyori, tashkilotchi sifatida samaralixizmat qilib kelayotgan fidoiy mutaxassisdir.

Radio sexning oltin fondidan joy olgan teatrning arxivini yaratish, teatr faoliyatini yoritish va targ‘ib qilishda, beqiyos xizmatlar qilib kelayapti. Konsert dasturlari va spektakllaridan fonogrammalar, teatrda ishlab faoliyat yuritgan marhum sanʼatkorlarning ovozlari, qo‘shiqlari, video rolik va ko‘rsatuvlarni sifatli holda saqlanishi kabi jihatlar shular jumlasidandir.

Shaydul Xudoyberdiyev o‘z ishini aʼlo darajada bajaradigan, kasbini sevadigan, ishini maʼsuliyat bilan bajaradigan mehnatsevar inson.

Teatrdagi barcha sexlar hamkorligini taʼminlab, ish jarayonini yaxshilash, xodimlarni o‘z ishiga maʼsuliyatli qilib tarbiyalashda munosib xizmat qilib kelmoqda. Uning shirinso‘zligi, kamtarinligi xodimlarga ibrat, naʼmuna bo‘layapti. Bu tinib-tinchimas insonning tarbiyasini olayotgan badiiy texnik va texnik xodimlar o‘z ishlarini mukammal bajarishga odatlangan.

Sh.Xudoyberdiyev ish faoliyatini boshlagandan buyon teatr sahnasida qo‘yilgan barcha spektakllar va konsert dasturlarining sahnalashtirilish ishlarida, gastrol safarlarini uyushtirish, viloyatdagi madaniy-maʼrifiy tadbirlar, mavjud spektakllarning har jihatdan professional darajada bo‘lishi, yuqori saviyada tashkillashtirilishida alohida tashabbus ko‘rsatib kelayapti.

Sh.Xudoyberdiyev nafaqat teatrning jonkuyar xodimi balki, viloyatda madaniyat va sanʼat rivoji yo‘lida ibratomuz ishlarni amalga oshirib kelayotgan va ayni jihatlar haqida so‘z borganda uning alohida o‘rni borligi namoyon bo‘ladigan yetuk mutaxassisdir.

Sh.Xudoyberdiyev o‘tgan davr mobaynida ko‘plab shogirdlar yaratgan tajribali ustozdir. U mamlakatimizda amalga oshiralayotgan siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy-maʼrifiy islohotlarni to‘g‘ri tushunadigan va aholi orasida bu islohotlarni keng targ‘ib etadigan, umr daftarini ezguliklar bilan bezab, barchaga o‘rnak va namuna bo‘ladigan kamtarin inson.

Sanʼatni umrining mazmuni deb bilgan, uning rivoji uchun beqiyos xizmatlari singan Sh.Xudoyberdiyev faoliyati davomida yoshlarning maʼnaviy kamolotini yuksaltirish, jamiyat hayotida sanʼatga oshufta qalblarga quvonch ulashish yo‘lidagi xizmatlari uchun bir necha bor viloyat hokimligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatdagi tashkilot va muassasalar, harbiy qismlarning faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.

Sh.Xudoyberdiyev mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon o‘tgan 25 yil davomida viloyatda o‘tkazilgan “Navro‘z”, “Mustaqillik”, yirik sport musobaqalari, yoshlar festivallari, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati, Huquq tartibot idoralarining tadbirlarini yuqori darajada o‘tishida, bosh ovoz operatori sifatida samarali xizmat qilib kelmoqda. Bu fidoiy, jonkuyar inson teatrda va bayramlarda uzoq yillar boshlovchilik ham qilib keldi. Teatr sahnasida yaratilgan yigirmadan ortiq spektakllarga musiqalar yozdi. Uning teatr ijodiy muvofaqiyatlarida eʼtirofga loyiq  xizmatlari bor.

Sh.Xudoyberdiyev o‘z isteʼdodini aktyorlik sanʼatida ham namoyon etib, bir-biriga o‘xshamagan ajoyib obrazlar yaratdi. G.Ibragimbekovning “Ko‘k eshik ortidagi ayol” asarida Tamada, O‘.Umarbekovning “Sud” asarida Sud kotibi, S.Ahmadning “Ufq” asarida Pochtachi, A.Jamolning “Mehribonlar” asarida Xofiz, Z.Fatxulinning “Vatan ishqi” asarida Qizil tayoqchi, L.Mitrofonovning “Aybiga iqror”asarida Pliyasunov, S.Xo‘janiyozovning “Sevmaganga suykanma” asarida Esbergan, B. Ravenskix, M.Ancharovlarning “Po‘lat qanday toblanadi” asarida Vanya, Yo.Mirozo, O.Shariflarning “Burgut”  asarida Leytinant, X.Muxammadning “Toshkent-ning nozanin malikasi” asarida Tungi navbatchi, kabi obrazlar talqini shular jumlasidandir.

O‘zining  samimiy-ligi, mehnatsevar va mehribonligi,sahnada yaratgan ajoyib obrazlari bilan teatr ixlosmandlari, jamoadoshlari, hamkasblari hurmat va eʼtiborini qozongan Sh.Xudoyberdiyevning viloyat teatri rivojida alohida o‘rni bor.

Bunday fidokorona mehnat qilinayotgan insonlarning faoliyatlarini aytsa,  doston yozsa kitob bo‘lgulik. Jamoada shunday komil insonlarning borligi va ular bilan yelkadosh bo‘lib ijod qilish kishiga huzur bag‘ishlaydi.