Boltayev Farxod Nazarovich

Sahnalashtiruvchi rejissyor

2018 yil “Shuhrat” medali bilan  taqdirlangan.

F.Boltayev  teatrda namoyish  etilgan  sahna  asarlarining  mohir ijrochisi va rejissyori sifatida  tanilgan. Ovoz diapozoni va aktyorlik mahorati uning ko‘plab musiqali  dramalarida bosh rollarni ijro etishga zamin yaratdi. Uning  “Amur Temur va Yildirim Boyazid”da Masxara, “Munajjim”da Masrur, “Nomi o‘chsin”da Gerostart, “Sudxo‘rning pari qizi”da Asilbek, “Kampir topaymu dadajon”da Sobir, “Navro‘za”da Dehqon bobo, “Ali va Vali”da Ali, “Sehrli hassa”da Adiraf, “Xazon bo‘lgan umr”da Nazirjon, Bek, “Juft-juft laylaklar”da Sobir, “O‘lding aziz bo‘lding”da Sulton, “Shox va shoir”da  Yosh Temur, “O‘z arizasiga ko‘ra”da Sharif Raximov, “G‘ariblar”da Kichik o‘g‘il, “Muxabbatim qismatim”da Durbek, “Ot egasi”da Inot, “Ona”da O‘g‘il, “Alla”da Safar, “Qotil yuragi”da Luiji Lambarde, “Oq yomg‘ir”da Bahouddin Naqshband, “Chegarachi”da askar, yangi yil tomoshalarida Qorbobo, Yo‘lbars, “Alisher Navoiy”da Husayin Boyqaro kabi spektakldagi rollari, mutaxassislar va tomoshabinlar eʼtirofi va tomoshabinlar olqishlariga sazovor bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, F.Boltayevning Sh.Rizayev qalamiga mansub “Ona” spektaklidagi O‘g‘il, “Alisher Navoiy”dagi Husayin Boyqaro obrazlaridagi mukammal ijrosi aktyorning sanʼat olamida kelajagi yorqinligini yaqqol namoyon etdi. F.Boltayev o‘tgan  davr ichida teatr sohasida yetuk mutaxassis sifatida o‘zini ko‘rsataoldi. U teatrda nafaqat rejissyor va aktyor,  tashkilotchi, teatrdagi yosh aktyorlarning ustozi sifatida tanildi.

F.Boltayev Viloyat miqiyosida o‘tkaziladigan Mustaqillik va Navro‘z umumxalq bayram tantanalarida teatrlashtirilgan tomoshalar va madaniy-maʼrifiy tadibirlarda aktyor, rejissyor sifatida faol ishtirok etib kelmoqda. Viloyatimiz va Respublika miqyosidagi gastrol safarlari, bayramlar arafasida tashkil etilayotgan uchrashuvlarda voha mehnatkashlari va yoshlar bilan muloqotlarda bo‘lib, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni targ‘ib qilib kelmoqda.

F.Boltayev qisqa muddatda “Sehrli hassa”, “O‘rmon g‘aroyibotlari”, “Xazon bo‘lgan umrlar”, “Jannatga biz bilan kir”, “Sen gulsan..”, “Dengiz g‘aroyibotlari”, “Chegarachi”, “Oppog‘oyim”, “Xazina” kabi  bir nechta spektakllarni mustaqil o‘zi sahnalashtirib, rejissyorlik mahoratini namoyon etib kelmoqda.

Teatr sanʼati rivoji yo‘lida munosib xizmat qilib, aktyorlik va rejissyorlik mahoratini namoyon etib kelayotgan F.Boltayev 2000 yil M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutida o‘tkazilgan Talaba yoshlar ijodiyoti 1-ko‘rik festivalida “Nomi o‘chsin” spektaklidagi Gerostrat roli ijrosi uchun “Erkak rolining eng yaxshi ijrosi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Shuningdek, F.Boltayev Toshkent shaxridagi bo‘lib o‘tgan yosh rejissyorlarning Debyut-1 festivalida A.Azizxo‘jayev va O.Rizayevning “Xazon bo‘lgan  umrlar” spektakli bilan, 2010 yil Qozog‘iston Respublikasi Olmota shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro teatr festivalida “Ot egasi”dagi Inot roli uchun “Eng yaxshi dramatik aktyor” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi “O‘zbekiston madaniyati va sanʼati forumi” jamg‘armasi bilan hamkorlikda 2011 yilning 17-26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan II-Xalqaro teatr sanʼati festivalida F.Boltayevning Sh.Rizayev asari asosida sahnalashtirilgan “Ona” spektaklidagi bosh rol “O‘g‘il” obrazi ijrosi festivalning  “Erkak rolining eng yaxshi ijrochisi ” nominatsiyasiga loyiq topildi.

Aktyorlik, rejissyorlik sohasida isteʼdodini namoyon etib kelayotgan, katta  tajriba,  yuksak  salohiyat  egasi,  ijodkor  yoshlarning  ustozi   F.Boltayev O‘zbekiston sanʼat arbobi, o‘zbek teatr sanʼatining yorqin namoyondasi, viloyat madaniyat va sanʼatida o‘ziga xos akademiya yaratgan ustozi M.T.Ravshanovning munosib shogirdi sifatida yuksak salohiyatli, badiiy g‘oyaviy barkamol  asarlar yaratishi Respublika teatr sanʼati taraqqiyotida o‘z so‘zini aytadigan yetuk rejissyor bo‘lishga harakat qilmoqda.

F.Boltayevning yutuqlari va jamoaning muvofaqqiyatlaridagi xizmatlari bu teatrda ustoz shogirdlik anʼanalari, yutuqlar ko‘lami bardavomligidan dalolatdir