Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri drama aktyorligi bo‘yicha sahna ustasi, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist  Xayrullo Nasriddinov.

X.Nasriddinov ijodiy jamoa orasida o‘zining isteʼdodli aktyor ekanligini  namoyon etdi.  U  ijodi  davomida  bir  qator  rang-barang  obrazlar  yaratdi. Jumladan, “Kampir topaymi, dadajon”da Juma bobo, “Parvona”da Murod,Nodira”da Dushim, “Guldan ham nozik”da Dilshod,  “Xotinimning eri”da Pochtalyon,O‘lim  xalqasi”da Chol, “Uch oshiq”da Boysoat, “O‘rmon voqeasi”da Nazoratchi, “Intizor”da Qahhor Qattol, “Xazon bo‘lgan umrlar”da Ota, “Qirra bobo qissasi”da Qirra bobo, “Qo‘ng‘iroqlar sadosi”da   Chol   “Shijoat”da   Polkovnik Zoirov, “Qaysar cholning qilig‘i”da Avaz ota, “Xotinimning uch oshig‘i”da Boysoat, “Adib Sobir Termiziy”da Xorazmshoh,  “O‘lim xalqasi”da Chol, “Ona”da Xoqon,  “Alla”da Ikrom, “Uch kunlik dunyo”da Raim bobo, “Tashna qalb”da Lo‘li ota, “O‘rmon voqeasi”da O‘rmonchi,  “Oq yomg‘ir”da Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, “Shox va shoir”da Xofiz Sheroziy kabi bir qancha badiiy yetuk obrazlarni yaratgan isteʼdodli aktyordir. X.Nasriddinov aktyorlik bilan bir qatorda  “Shox va shoir”, “Ayajonlarim”, “Afandizoda”, “Qalliq o‘yini”, “Xazon bo‘lgan umrlar”, “Tashna qalb”, “Tug‘ilgan kun”,  “Laylak raqsi”, “Kampir topaymi dadajon”, “Sudxo‘rning pari qizi”, “Alla”, “Oq yomg‘ir”, “Ayol haqida qasida” kabi spektakllari uchun musiqa bastalagan. Teatr jamoasining 2006 yil noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ijodiy xisobot gastrolida X.Xursandov asari asosida sahnalashtirilgan “Kampir topaymi, dadajon” spektaklida Juma bobo obrazini yuksak mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Teatr    jamoasi    2007     yil     Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Navro‘z-2007” Xalqaro Akademik teatrlari festivalida va 2008 yil oktyabr oyida Qohira shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro eksperemental teatrlar festivalida, 2011 yil 27 avgust kuni O‘zbekiston teatrlari sanʼati festivali I-Respublika tanlovi hamda shu yili 17-26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan II-Xalqaro teatr sanʼati festivalida, 2013 yilning 23-28 iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan II-Respublika teatrlar tanlovida faol ishtirok etdi. Ushbu festivallarda namoyish etilgan spektakllardagi X.Nasriddinov yaratgan obrazlar festival ishtirokchilari va xayʼat aʼzolari tomonidan yuksak  baholandi. X.Nasriddinov ijod qilish bilan bir qatorda teatr yoshlariga hamfikr, hamnafas ustoz hamdir.