Sotibov Saidali Temirqulovich

S.Sotibov o‘zining mehnatsevarligi, ishbilarmonligi, talabchanligi, o‘z ishiga maʼsuliyat bilan yondoshishi kabi fazilatlari bilan jamoa  orasida o‘z o‘rniga ega. S.Sotibov qanday topshiriq berilishidan qatʼiy nazar doim uni halollik bilan bajaradi. Viloyatda bo‘lib o‘tayotgan “Navro‘z”, “Mustaqillik”  yirik sport musobaqalari, forum va festivallar, bayramlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda doimiy ravishda ovoz rejissyori sifatida ishtirok etib,  tadbirlarning yuqori saviyada o‘tishida munosib hissa qo‘shayotgan mutaxassisdir.

Gastrol safarlari bilan viloyatimiz, Respublikamiz va xorijiy mamlakatlarida bo‘lgan. 2006 yil noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ijodiy xisobot gastrolida, 2007 yil 5-12 aprel kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Navro‘z-2007”, 2008 yil Qohira va  2010 yil Almata shaxarlarida xalqaro eksprimental teatr festivallarida, 2011 yil teatr ijodkorlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish  birlashmasining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan I-Respublika teatr sanʼati festivali hamda shu yili bo‘lib o‘tgan 17-26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan II-Xalqaro teatr sanʼati festivallari buning yaqqol misolidir.

Ish faoliyatini boshlagandan buyon teatr saxnasida qo‘yilgan barcha spektakllar, konsert dasturlarining yuksak saviyada o‘tishiga munosib hissa qo‘shib kelayapti.

Teatr tomosha zalida okustikani yuqori saviyada bo‘lishini taʼminlaydi. Ishlatiladigan nazorat o‘lchov uskunalarini ishlatish va taʼmirlash qoidalarini, fonoteka fondini shakllantirish va gastrol safarida spektakl hamda konsert dasturlarini bir maromda o‘tishini taʼminlaydigan iqtidorli, malakali xodim