Axmedova  Nigora  Yigitaliyevna

 N.Axmedova ijodiy jamoa orasida ichki va tashqi aktyorlik texnikasiga ega, ajoyib obrazlar yaratib kelayotgan isteʼdodli aktrisalardandir. U bugungi kunda teatr repertuaridan mustahkam o‘rin egallagan va tomoshabin olqishiga sozovor bo‘lgan “Muxabatim qismatim mening”da Ozoda, “Dard ko‘rmagan erka bolam”da Vrach, “Shox va shoir”da Sug‘diyona, “Xazon bo‘lgan umralar”da Kamola, “Qaysar chol”da Raqqosa, “Tug‘ilgan kun”da To‘tixon Tuyoqova, “G‘ariblar”da Kichik qiz, “Ona”da Roviyona, “Alla”da Ayol, “Jannat izlab”da Bibisora, “Jannatga biz bilan kir”da Gulruxsor, “Oydin”da Nodira, Oydin, “Sen gulsan…”da  Yaxshixon,  Yangi yil tomoshalarida Qorqiz va Malika Meduza, “Ayol haqida qasida”da Amma, “Shox va shoir”da Bibixonim “Alisher navoiy”da Guli “Xazon bulgan umrlar”da Ona, “Qotil yuragi”da Dallorez “Qotil yuragi”da Dallorez kabi bir qator rollarni maromiga yetkazib ijro etdi. U tomoshabinlar qalbidan ijodiy barkamolligi bilan chuqur joy olib kelayapti.

N.Axmedova noyob isteʼdod sohibasi tajribali aktrisa sifatida ajoyib obrazlar yaratib kelmoqda. “Alisher Navoiy”da Guli obrazini “Xazon bo‘lgan umrlar”dagi Ona obrazi, “Sen gulsan..”da Yaxshixon, “Alpomishning qaytishi”da Oybarchin, “Ziyo qalʼasi”da Ruhayda obrazlarini betakror talqinda ijro etdi.  Aynan shu asarlarda yaratgan obrazlaridagi talqin N.Axmedovaning aktrisa sifatida yuksak mahrat sohibasi ekanligini namoyon etdi.

Bugungi kunda N.Axmedova teatrning professional yetuk sanʼatkorlari safiga kirib bormoqda. Shu bilan bir qatorda N.Axmedova dramaturgiya sohasida ham isteʼdodini namoyon etib kelmoqda. Uning bolalar uchun mo‘ljallangan “Oppog‘oyim”, “Sehrli hassa”, “Sehrli o‘rmon” spektakli viloyatimizdagi maktabgacha taʼlim va umum taʼlim maktablarining boshlang‘ich sinfida tahsil olayotgan jajji muxlislarga olam-olam shodlik ulashdi. Uning asarlari asosida yaratilgan yangi yil tomoshalari teatrning byudjetdan mablag‘ topishida asosiy rol o‘ynamoqda.

N.Axmedova jamoat ishida faol. Viloyatda bo‘lib o‘tayotgan barcha bayramlar, ommaviy-madaniy tadbirlar, madaniy-maʼrifiy uchrashuvlarda faol ishtirok etib, tadbirlarning yuqori badiiy yuksak saviyada o‘tishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Teatr jamoasining 2012 yil 17-26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan II-Xalqaro teatr sanʼati festivalida faol ishtirok etdi.

2013 yilning 23 — 28   iyun   kunlari   Toshkent   shahrida   o‘tkazilgan II-Respublika  teatrlar tanlovidagi N.Axmedova yaratgan obrazlari festival ishtirokchilari va xayʼat  aʼzolari tomonidan ijobiy  baxolandi.

Shuningdek, statsionarda, sayyor tadbirlar va gastrollarda o‘ziga  topshirilgan vazifalarni  sidqidildan bajarib kelmoqda. N.Axmedova  teatrning eng isteʼdodli va yaratayotgan obrazlari bilan tomoshabinlar eʼtibori va olqishiga sazovor bo‘lgan, el suygan ijodkor.