Sharipov Marat Mustafayevich

M.Sharipov ko‘p yillik faoliyati davomida teatr sahnasida qator rang-barang obrazlar yaratdi. U yaratgan «Kelinlar ko‘zg‘oloni»dagi Usta Boqi, «Oq kema»dagi Sotuvchi, «Momo yer»dagi Jobid, «Amir Temur va Yildirm Boyazid»dagi Vazir, “Zo‘ldir”dagi Muzey mudiri, «Bir o‘likka bir tirik»dagi Soqchi, “Nurxon”dagi Mamat, «Qamashgan ko‘zlar»dagi Temir, «Bir qadam yo‘l»dagi Shokir, «Alpomishning qaytishi»dagi Sovchi, «Istambul fojiasi»dagi Leytinant Qosimov, «O‘lim xalqasi»dagi Xamrayev, «O‘chmasin chiroq»dagi  Brigadir, «Adib Sobir Termiziy»dagi Vazir, «Kampir topaymi, dadajon»dagi Ashur«Qirra bobo qissasi»dagi Nozir, “Shijoat”dagi Yodgor, “Uch kunlik dunyo”dagi Sharofuddin, Yangi yil ertak spektakllari “Sehrli hassa” va “Yangi yil sarguzashtlari”dagi Qorbobo, “Jannat izlab”dagi Prokuror, “Juft-juft laylaklar”dagi Salom, “G‘ariblar”dagi Katta o‘g‘il, “Qotil yuragi”dagi Nazoratchi, “Qaysar cholning qilig‘i”dagi Vakil, “Muhabbatim qismatim mening”dagi Chol, “Xazon bo‘lgan umrlar”dagi Aka,  “Shoh va Shoir”dagi Xazrat,“Dard ko‘rmagan erka bolam”dagi Prokuror, “Ona”dagi zamondosh Roviy, “Qo‘ng‘iroqlar sadosi”dagi Bek, “Alla”dagi Jalil, “Oq yomg‘ir”dagi Xoja Muxammad Parso, “Alisher Navoiy”da Munajjim, “Alpomishning qaytishi”da Amirhoji mulla, “Ziyo qalʼasi”da Tabib obrazini  takrorlanmas darajada yuksak mahorat bilan ijro etib tomoshabinlar olqishi va eʼtirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda.

Teatr jamoasining 2006-yil noyabr oyida  Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ijodiy  xisobot  gastrolida   X.Xursandov   asari   asosida   sahnalashtirilgan «Kampir topaymi, dadajon»da Ashur,

«Qaysar cholning qilig‘i»da Vakilkabi obrazlarni yuksak mahorat bilan ijro  etib, o‘z ijodining serqirraligini poytaxtlik tomoshabinlarga namoyon etdi.

Shuningdek, M.Sharipov teatr jamoasi bilan birga 2007-yil 5–12 aprel kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Navro‘z-2007”, 2008-yil Qoxira va 2010-yil Olmota shaxarlarida xalqaro eksprimental teatr festivallarida xamda O‘zbekiston teatrlari sanʼati festivali 1-Respublika tanlovi va shu yili 17–26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan II-Xalqaro teatr sanʼati festivallarida jamoa bilan faol ishtirok etdi.

M.Sharipov ustoz sanʼatkor sifatida takrorlanmas obrazlar talqin qilib, muxlislar eʼtiborini qozonib kelayotgan yuksak salohiyat egasi. Uning “Alisher Navoiy” spektaklidagi Munajjim, “Alpomishning qaytishi” spektaklidagi Amirhoji mulla ayniqsa “Ziyo qalʼasi” spektaklidagi tabib obrazlari betakror talqini bilan ajralib turadi. Marat Sharipov yaratayotgan har bir obrazi, hattoki epizodik rollariga ham professional yondashadigan, izlanishdan charchamaydigan fidoiy sanʼatkor. Bu insonning teatr repertuaridan o‘rin olgan va teatrning ijodiy yutuqlarida salmoqli hissasi, uzoq yillik samarali xizmatlari bor. Biz bunday sanʼatkorlarning jamoaning yutuqlaridagi salmoqli hissalarini va noyob iqtidorlarini hamisha qadrlaymiz.

Ustoz sanʼatkor M.Sharipovning Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrining barcha ijodiy yutuqlaridan alohida xizmatlari bor Bunday noyob isteʼdod sohiblari chin maʼnoda teatrning ustinlaridir.