Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrining oliy toifa solist-vokalisti Fayzullayev Mirzohamdam Ibroximovich

Ushbu vazifada 2014 yildan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan M.Fayzullayevning yuksak aktyorlik mahorati ko‘plab obrazlar ijro etishda imkon  beradi.

Xususan uning “Olam seniki”da Qoplon, “Tashna qalb”da Sulton, “Sehrlangan malika”da Nayza polvon, “Sudxo‘rning pari qizi”da Maqsud, “Injiq malika”da Dehqon yigit, “Bo‘ri qorbobo bo‘lmoqchi”da Eshak, “Ayajonlarim”da Karimjon, “Qo‘ng‘iroqlar sadosi”da Tulki, “Ilondara”da Bakir, “Dard ko‘rmagan erka bolam”da Shomil, “Somon yo‘li”da Yovvoyi odam va O‘lmas Kashshey, “Ona”da Yasavul boshi, “Oq yomg‘ir”da Amir xizmatchisi, “Sobir Termiziy”da Sarkarda, “Taʼqib”da Qamar,“Dengiz g‘aroyibotlari”da Melman, “Chegarachi”da Askar “Shox va shoir”da Askar “Alisher navoiy”da Eshik ogasi “Xazina”da Mardikor “Xazon bo‘lgan umrlar”da Koplon, “Sehirli o‘rmon”da Grinch, “Alpomishning qaytishi”da Navkar, “Ziyo qalʼasi”da Sodiq  va boshqa bir qator spektakllardagi rollari, mutaxasislar va tomoshabinlar mehrini qozongan.

M.Fayzullayev jamoat ishlarida faol. Viloyatimiz miqiyosida o‘tkaziladigan “Mustaqillik va Navro‘z” umumxalq bayramlarining  tantanalarida, madaniy-maʼrifiy tadbirlar va uchrashuvlarda aktyor sifatida faol ishtirok etib kelmoqda. U 2011 yilning 17-26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan II-Xalqaro teatr sanʼati festivalida teatr jamoasi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

M.Fayzullayev o‘zni rejissorlik sohasida ham sinab ko‘rayapti. U 2012 yilda teatrda  Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan “O‘rmon g‘aroyibotlari” spektaklini teatr aktyori Sh.Shokirov bilan hamkorlikda muvofaqqiyatli sahnalashtirdi.

2015 yilning aprel oyida O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti xuzuridagi  «Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish» Tarmoq markazida qayta tayyorlov malakasini oshirib qaytdi. M.Fayzullayev hali yosh bo‘lishiga qaramay teatrda ijodkor sifatida o‘z o‘rniga ega aktyordir. M.Fayzullayevning kegusida ham teatr sanʼati rivojiga hissa qo‘shishiga ishonamiz.