Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri yoritish sexi mudiri

Yodgorov Kamoliddin Asadovichga

TAVSIFNOMA

 

1993 yildan buyon teatrda sahnalashtirilgan barcha spektakl va konsert dasturlari hamda spektakl repetitsiyalari paytida yorug‘lik portiturasiga muvofiq sahnani yoritish uchun elektr yorituvchi apparaturasini professional tarzda boshqaradi. Ssahnalashtirilayotgan barcha spektakllarni mukammal darajada bo‘lishi uchun yoritish effektlaridan samarali foydalangan holda yoritish ishlari bo‘yicha spektaklni boshqarib boradi.

K.Yodgorov kasbiy malakasi va insoniylik fazilatlari bilan jamoa orasida obʼro‘-eʼtibor topgan, jamoat ishlarida faol inson.

K.Yodgorov gastrol safarlari bilan Respublikamizning barcha viloyatlarida jumladan: 2006 yil noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ijodiy xisobot gastrolida, 2007 yil 5-12 aprel kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Navro‘z-2007”, 2008 yil Qohira va 2010 yil Almata shaharlarida xalqaro eksprimental teatr festivallarida, 2011 yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Seni kuylaymiz, zamondosh” teatr sanʼati festivali hamda shu yili 17-26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “TEATR.UZ” II-Xalqaro teatr sanʼati festivallarida, jamoa tomonidan namoyish etilgan spektakllar sahnasining chiroqlar yordamida yoritilishini va spektakllarning yoritish sohasidagi muvofaqqiyatini taʼminladi.

K.Yodgorov teatr ishchi xodimlari va yoritish moslamalarining  xavfsizligini taʼminlash, yoritish vositalaridan mavjud texnik va xavsizlik qoidalariga amal qilgan holda ishlatadi. O‘z ish faoliyati davomida texnika va yoritish vositalaridan oqilona foydalanadigan xodimdir. U masʼuliyatli, tashkilotchi, xodimlar  o‘rtasida alohida hurmat eʼtiborga ega. Kamtarin va sofdil, halol inson.