Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri oliy toifa drama aktyori  Yunusaliyeva Danaxon Mamayusupovnaga

TAVSIFNOMA

D.Yunusaliyeva ijodiy jamoa orasida badiiy yuksak obrazlar yaratib kelayotgan isteʼdodli aktrisadir. U ijodiy faoliyati davomida bir qator rang-barang obrazlar yaratdi. Jumladan, “Ko‘zlari cho‘lpon”da Qaldirg‘och, “Sepsiz qiz”da Larisa, “Qamashgan ko‘zlar”da Sanam, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”da Muxayyo, “Aka-uka sovchilar”da Qiz roli, “Chakana savdo”da Xirosima, “Layli va Majnun”da Layli, “Amir Temur va Yildirim Boyazid”da Kaniz, “Uyqusiz tunlar”da Nozima, “Muxabatim qismatim mening”da Farida, “Dard ko‘rmagan erka bolam”da Sarvinoz, “General Sobir Raximov”da Pasha, “Alpomishning qaytishi”da Qaldirg‘och, “Temir xotin”da Alomat, “Olam seniki”da Kiyik, “Xotinimning uch oshig‘i”da Kelin, “Shox va shoir”da Raxshona, “Makkora”da Moxira, “Pogon taqqan odamlar”da Mastura opa, “Qirra bobo qissasi”da Saodat, “Qotil yuragi”da Izabella, “G‘ariblar”da Kelin, “Ona”da Ayol, “Alla”da Sora, «Jannat izlab»da Erkinoy Mirzayeva, “Oydin”da  Xurshida, “Chegarachi” da Shaxlo, “Ayol haqida qasida”da Xola, “Ziyo qalʼasi”da Ona, “Shunqor”da Ona va boshqa bir qator rollarni ijro etib  tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lib kelmoqda.

Bugungi kunda D.Yunusaliyeva teatrning professional yetuk sanʼatkorlari safidan o‘rin egalladi. U viloyatimiz teatr sanʼatini targ‘ib qilish bilan bir qatorda viloyat televideniye va radiosidagi eshitirish va ko‘rsatuvlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda.

D.Yunusaliyeva yoshlarning mehribon ustozi. Jamoat ishida faol. Viloyatda bo‘lib o‘tadigan barcha bayramlarda (Navro‘z, Mustaqillik) xamda boshqa ommaviy-madaniy tadbirlarda suxandon sifatida faol ishtirok etib, bu tadbirlarning yuksak badiiy saviyada o‘tishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelgan.

Teatr jamoasining 2006 yil noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ijodiy xisobot gastrolida X.Xursandov asari asosida sahnalashtirilgan  “Qaysar cholning kilig‘i”da Marsiyachi qiz, 2007 yil 5-12 aprel kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shaxrida bo‘lib o‘tgan “Navro‘z-2007” xalqaro teatr festivalida va 2011 yil teatr sanʼati festivali hamda shu yili 17-26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan II-Xalqaro teatr sanʼati festivalida, 2013 yilning 23-28 iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan  II-respublika teatrlar tanlovidateatr jamoasi bilan faol  ishtirok etdi. Ushbu festivallarda D.Yunusaliyeva yaratgan “Ayol” obrazlari festival ishtirokchilari va xayʼat aʼzolari tomonidan yuksak  baxolandi.

2015 yilning fevral oyida O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti xuzuridagi  “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish” Tarmoq markazida qayta tayyorlov malakasini oshirdi.

D.Yunusaliyeva teatr sanʼatida o‘z o‘rniga ega isteʼdodli ijodkordir.