Bozorov Ziyodullo Nazarovich

Z.Bozorov viloyatda bo‘lib o‘tadigan barcha ommaviy bayramlarda (Navro‘z, Mustaqillik) xamda boshqa ommaviy-madaniy tadbirlarda faol ishtirok etib, bosh musiqa rahbarligi vazifasini bajarib ushbu bayram tantanalari uchun  o‘nga yaqin prolog, epilog qo‘shiqlarini yaratib uning yuksak badiiy saviyada o‘tishi uchun teatrdagi barcha ijodiy xodimlarni jalb etib, o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Z. Bozorov o‘zining aktyorlik mahorati Bilan ham muxlislar nazariga va olqishlariga sazovor bo‘lib kelmoqda. U “Alisher Navoiy” spektaklida – Muzaffarxon, “Amur Temur”da  Sarkarda, “Qo‘ng‘iroqlar sadosi”da Taka soqqol, “Sobir Termiziy”da Eshik og‘asi, “Alpomish”da Ultontoz, “Xazon bo‘lgan umrlar”da Bek, “Pogon taqqan odamlar”da Jo‘ravoy, “Oq yomg‘ir”da Shogird, “Ona”da Eshik og‘asi kabi rollar ijro etgan.

U ko‘plab yangi  musiqali  spektakllar,  konsert  dasturlarini  tayyorlash, musiqachilarga rahbarlik  va  dirijyorlik qilib kelmoqda.

Z.Bozorov boshchiligida teatrning bir guruh sanʼatkor va badiiy texnik xodimlardan tashkil topgan konsert guruhi bilan teatrning viloyatimiz bo‘ylab o‘tkazadigan gastrol safarlarida qatnashib targ‘ibottashviqot ishlarini olib bormoqda.

Bosh dirijyor vazifasiga tayinlangandan buyon bir qancha musiqali spektaklar  va  konsert dasturlarini badiiy jihatdan yetuk bo‘lishiga erishib, shu bilan birgalikda musiqa sanʼatini  targ‘ibot  qilish maqsadida xonandalar,  sozandalar,  raqqosalar  bilan  o‘quv  tarbiya  ishlarini  tashkillashtirib kelmoqda.