Davlat mukofotiga nomzod

Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri baletmeysteri Jo‘rayeva Shoira Shaniyazovnaga

TAVSIFNOMA

2019 yilda “Shuhrat” medaaali bilan taqdirlangan.

Sh.Jo‘rayeva ichki va tashqi aktyorlik texnikasi bilan hamohang ravishda har hil turdagi ifodali raqs vositalarga ega, ajoyib va badiiy yuksak raqs obrazlari yaratib kelayotgan isteʼdodli mutaxassisdir.

U ijodi davomida raqslar sahnalashtirish bilan birgalikda bir qator rang-barang obrazlar ham ijro etgan. Jumladan, “Uch kunlik dunyo” spektaklida kelin, “Jannat izlab”da aldangan qiz, “Sehrgar sahovati”da Bahoroy, “G‘olib shahzoda” va “Sehrli hassa”da qorqiz, “Ko‘hna o‘rmon g‘aroyibotlari”da ona Tabiat, “Qaysar cholning qilig‘i”da marsiyachi qiz, “Ayol xaqida qasida”da Yanga, “Shoh va shoir”da Cho‘lponmulkxonim, “Ziyo qalʼasi”da Joriya  va boshqa bir qator rollarni ijro etib tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olgan.

U 2006 yildan buyon teatrda sahnalashtirilgan barcha raqs sahnalariga ega musiqali spektakllar, konsert dasturlarida zamonaviy va anʼanaviy raqs sahnalarini tayyorlab kelmoqda.

Shu bilan birga teatr tomonidan o‘tkaziladigan barcha ijodiy safarlar, gastrollarda raqqosalar guruhi ishtirokida teatrlashtirilgan musiqiy raqs kompozitsiyasini tayyorlab kelmoqda.

U o‘zining izlanuvchanligi, mehnatsevarligi natijasida har bir yangi sahnalashtiriladigan asarlar ustida rejissyorlar va musiqa rahbarlari  bilan ish olib borib, spektaklning g‘oyaviy-badiiy jihatdan mukammal chiqishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Shu tarzda tayyorlangan spektakllardagi musiqiy sahnalarda tayyorlangan raqslar ham o‘ziga xos joziba kasb etadi.

Sh.Jo‘rayeva viloyat miqyosida o‘tkaziladigan Mustaqillik, Navro‘z umumxalq bayramlari va boshqa barcha bayramlar munosabati bilan tashkil etiladigan ommaviy, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda baletmeysterlik qilib, o‘zining ijodiy mahoratini namoyon etib kelmoqda.

Sh.Jo‘rayevaning teatr jamoasi bilan birgalikda 2013 yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Seni kuylaymiz, zamondosh!” II-respublika teatrlar ko‘rik-festivalida, 2017 yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Bahor nafasi” Xalqaro sanʼat festivalida, 2017-2018 yillarda Boysun tumanida o‘tkaziladigan “Boysun bahori” folklor festivalida, 2018 yilda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan Xalqaro maqom festivali doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda namoyish etilgan musiqali spektakllardagi tayyorlagan raqs sahnalari muvvafaqiyatli sahnalashtirilgani ko‘pchilik mutaxassislar va tomoshabinlar tomonidan eʼtirof etilgan.