Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri oliy toifa solist-vokalisti Aralova Gavxar Babaniyazovnaga
TAVSIFNOMA
G.Aralova teatr sanʼatida o‘z muxlislarini topgan iqtidorli xonanda va aktrisadir. Teatrda ijod qilayotgan yoshlar undan qo‘shiqchilik sanʼati ijod sirlarini o‘rganishga harakat qiladilar. U ijodiy faoliyati davomida qator musiqali spektakllarda obrazlar yaratdi. Jumladan, “Qaysar chol”da Marsiyachi qiz, “Kampir topaymu dadajon”da Zubayda, “Dard ko‘rmagan erka bolam”da Hamshira, “Ayajonlarim”da Arxitektor kelin, “Juft-juft laylaklar”da Zubayda, “Shox va shoir” da Sug‘diyona, “Qotil yuragi”da Diana, “Ilondara”da Oygul, “Tug‘ilgan kun”da To‘tixon Tuyoqova, “G‘ariblar”da Nevara qiz, “Ona”da Roviy ona, “Alla” da Oygul, «Jannat izlab» da-Aldangan qiz, “Tashna qalb”da Zeyfina, “Jannatga biz bilan kir”da Epizodik, “Oydin”da Charos, “Sen gulsan..”da Suqsur, Yangi yil tomoshalarida Malika, Qorqiz, Tulki, Zumrad, Injig‘oy, Qaysar malika, Yalmog‘iz “Chegarachi”da Shaxlo, “Alpomishning qaytishi” da Qaldirg‘och, “Ziyo qalʼasi” da Hurayda kabi bir qator rollarni ijro etib tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olib kelayapti.
G.Aralova jamoat ishlarida faol. Viloyatda bo‘lib o‘tadigan barcha ommaviy-madaniy tadbirlarda ishtirok etib, bu tadbirlarning yuksak badiiy saviyada o‘tishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Teatr jamoasining viloyatimiz bo‘ylab, o‘tkazadigan barcha gastrol safarlarida ishtirok etib, o‘zining sanʼatini yurtdoshlarimiz eʼtiboriga havola etib kelayotgan iqtidorli sanʼatkordir.
U teatr jamoasi bilan birgalikda 2007 yil 5-12 aprel kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan “Navro‘z-2007” xalqaro akademik teatrlar festivalida, 2011 yil teatr ijodkorlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan I-respublika teatr sanʼati festivali hamda shu yili 17-26 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan II-Xalqaro teatr sanʼati festivalida,
2013 yilning 23-28 iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan II-respublika ko‘rik festivallarida faol ishtirok etdi. G.Aralova teatr sanʼatida o‘z o‘rniga ega tajribali sanʼatkorlar safidan joy olishga ishonamiz.