Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri oliy toifa drama aktyori Panjiyev Abduqodir Nematovichga

TAVSIFNOMA

Panjiyev Abduqodir Nematovich o‘zining mehnatsevarligi, ishbilarmonligi, talabchanligi, o‘z ishiga maʼsuliyat bilan yondoshishi bilan   jamoa  orasida o‘z o‘rnini topa oldi. Shu bilan birgalikda u teatrda o‘tkaziladigan barcha jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan jonkuyar xodimlardan biridir.

Panjiyev Abduqodir ish faoliyati davomida, viloyatimiz bo‘ylab namoyish etilayot spektakllar va konsert dasturlarida faol ishtirok etib kelmoqda. U teatr sahna sanʼatini mukammal darajada o‘rganish uchun teatrning ko‘p yillik tajribaga ega ustoz sanʼatkorlaridan qunt bilan saboqlar olib kelmoqda.

A.Panjiyev ijodiy faoliyati davomida bir qator rang-barang janrdagi obrazlar yaratib tomoshabinlar qalbidan joy oldi va ularning olqishlariga sazovor bo‘lib kelmoqda. A.Panjiyev “Mo‘jizalar olami”da Yovvoyi ota, “Adib Sobir Termiziy”da Vatvot, “Ona”da Iskandar, “Oydin”da Samandar, “Oq yomg‘ir”da Savdogar, “Dengiz g‘aroyibotlari”da Aleks,  “Yangi yil sarguzashtlari” da Sheʼr, “Chegarachi”da Xolbek “Alisher Navoiy”da Turaboy “Xazon bo‘lgan umrlar”da Nazirjon “Xazina”da Qo‘shni, “Sehrli o‘rmon”da Ayiq, “Alpomishning qaytishi”da Qorajon, “Ziyo qalʼasi”da Somon Ashur, kabi rollarini yuksak mahorat bilan ijro etib kelmoqda.

Panjiyev Abduqodir teatr va musiqa sanʼatini targ‘ib etish va ustoz-shogirdlik anʼanalariga amal qilgan holdada, obrazlarni ajoyib tarzda talqin etib kelayotgan isteʼdodli aktyor va doimiy ijodiy izlanishda bo‘lib kelayotgan xodimlardan.

A.Panjiyev Buxoro shahridagi Shvetsariya xamkorlik byurosi tomonidan teatrlar ijodiy faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida taklif etilgan “Ustoz-shogird” o‘quv-tayyorlov kursida malakasini oshirib qaytdi.

U mamlakatimizda amalga oshiralayotgan islohotlar mohiyatini anglaydigan barkamol shaxs. O‘z ustida ishlab, hamisha izlanishda bo‘lgan A.Panjiyev kelgusida sanʼat sohasida ulkan yutuqlarga erishishiga ishonamiz.