Aktyor  va  xonanda  Inoyat  G‘ofurov

Inoyat G‘ofurov teatrimizga Boysun sanʼati maktabidan kelib qo‘shilgan ijodkor bo‘lib yillar davomida Surxon sahnasida ko‘plab yodda qolarli, teatr tarixidan o‘rin olgan qator spektakllarda rollar ijro qilib tomoshabin qalbidan o‘rin oldi.Ulardan “Uch baxodir”da Tariel, “Layli majnun”da Qays, “Farxod va Shirin”da Farxod, “Nurxon”da Xaydar, “Arshin  mol olon”da Asqar kabi ko‘plab obrazlari qaytarilmas darajada aktyor tomonidan ijro qilingan.

Inoyat G‘ofurov nafaqat aktyor, xalqimizning sevimli xonandasi bo‘lib, uning kuylagan qator qo‘shiqlari bugun xam Respublika televideniyasi oltin fondida saqlanib, eshittirilib, kelinmoqda. Segoh, Iroq, Munojot, Girya, Boysun mavrigi va musiqali spektakllarda kuylangan aria va duyetlar bugun ham teatr yoshlarining o‘rganib kuylaydigan repertuariga aylanib qolgan.

Inot G‘ofurov sahnaga yarashgan go‘yo bu inson faqat sahna uchun tug‘ilgan, qaysi rolda bo‘lmasin k sahnaga juda yarashardi.

Bu aktyor va xonandaning kulib turgan mayus tabassumi kasbdoshlari bilan bo‘lgan samimiy muomalasi xech qachon teatr yoshlarining yodidan chiqmaydi.