Teatrning  bosh  baletmeystri  Oyxonoy  Aliyeva.

Oyxonoy Aliyeva teatrning qayta tashkil etilishidan to mustaqillik yillariga qadar bosh baletmestr, raqqosa va aktrisa sifatida uzoq yillar samarali xizmat qilib kelgan. O.Aliyeva ko‘plab musiqali spektakllarda  umumiy raqslarni sahnalashtirib, teatr raqqosalarining tomoshabinlarga tanilishida ulkan xizmatlar qildi. Uning teatrda sahnalashtirgan “Tohir va  Zuhra”, “Jon qizlar”, “Nurxon”, “Gulsara”, “Maysaraning ishi”, “Farg‘ona hikoyasi” kabi spektakllarda yaratgan raqslari va ijro etgan obrazlari nafaqat muxlslar eʼtiborini qozondi balki, teatrning yuqori badiiy ijrochilik mahrotiga berilgan baholarda ham u kishining ulkan xizmatlari borligi alohida eʼtirof etib kelingan.