Aktrisa  va  raqqosa  Oliyaxon  Alimova.

1935 yili ijodiy faoliyatini Jarqo‘rg‘on xalq teatridan boshlagan Oliyaxon Alimova viloyat teatrining ilk qaldirg‘ochlaridan biri. Surxondaryo viloyat   teatrining   ijodiy   yuksalishi,   aholiga   madaniy-maʼrifiy xizmat ko‘rsatishida O.Alimovaning munosib xizmatlari bor. O‘zining ko‘p yillik mehnat faoliyati, kasbiga bo‘lgan fidoiyligi samarasi o‘laroq sahnada betakror obrazlar yaratgan aktrisa muxlislar eʼtiborini qozonib kelgan. O‘zbek, Rus tillarida bemalol rollar ijro etishni maromiga yetkazadigan isteʼdod sohibasi, biri-biridan ajoyib obrazlari talqinida tomoshabinlar qalbidan joy olgan.  Aktrisaning   “Yolg‘iz ayol”da Madina, Safina obrazi, Marbatdiyevning  “Kelin kuyov” asarida Sudiya, Ona obrazi, “Sertashvish keksalik” spektaklidagi Palijayeva, “Guldan ham nozik”dagi Huri aya, “Niqob”dagi Bosh vrach, “Jon qizlar”dagi Militsioner xola kabi obrazlar aktrisaning yuksak mahorat sohibasi ekanligini yaqqol namoyon etadi. Har bir yaratayotgan qahramoni ruhiyati bilan yashash, o‘z ustida tinimsiz izlanish olib borgan bu aktrisa jamoda ham yuksak maʼnaviyati va madaniyati bilan ajralib turadigan iqtidorli, intelektual salohiyatli inson edi. U ziyoli aktrisalardan biri sifatida jamoadagi yoshlarga ustozlik qildi va ustoz sifatida tanildi.