Aktyor va direktor o‘rinbosari Nizom Qobilov
1957 yilda teatr qayta tashkil etilgach Shaxrisabz teatridan taklif qilingan Nizom Qobilov umrining oxiriga qadar Surxondaryo madaniyati va teatr sanʼati rivoji yo‘lida xizmat qildi. Bu aktyorni sahnaviy ko‘rinishi, ovoz diapazonining kuchli va jarangliligi, saxnada yaratgan obrazlarini xilma xilligi, o‘ziga xos aktyorlik topilmalari, qaysi janrda bo‘lishidan qatiʼy nazar, yuksak mahorat va salohiyat bilan ijod qilgan iqtidor egalaridan biri edi. U kishini yaratgan “Layli va Majnun”da Omir, “Farxod va Shirin”da Bosh sarkarda, “Ravshan va Zulxumor”da Tersak, “Zaraf-shon qizi”da Birigadir, “Masaraning ishi”da Hoji darg‘a, “Sevmaganga suykanma”da To‘ra, Metrofanovning “Aybiga iqror” dramasida polkovnik Sidirov, “Ufq”da Nazirmat, “Toxir va Zuxra”da Sardor obrazlari hamisha tomoshabinlarni to‘lqinlantirib kelgan. Ijro mahorati bilan obrazlarini meʼyoriga yetkazib ijro etgan ko‘p qirrali aktyorlardan biri Nizom Qobilov edi.