Teatr  bosh  rassomi  Fayzulin  va  Fayzulinalar

Fayzulin tabiatan fidoiy, juda katta mahoratga ega bo‘lgan teatr rassomi sifatida uzoq yillar davomida bosh rassomlik vazifasida ishlab, qator spektakllarni sahnalashtirdi. Ulardan “Farg‘ona hikoyasi”, “Dili-dili Zaynab”, “Zarafshon qizi”, “Boy ila  xizmatchi”, “To‘y”, “Kimga aʼza kimga to‘y”, “Toshbolta oshiq”, “Nurxon”, “Gulsara”, “Uch bohodir”, “Ravshan va Zulxumor”, “Parvona”, “Layli va Majnun”, “Maysaraning ishi”, “Yoril tosh” kabi ko‘plab spektakllar shular jumlasidandir. Bu ijodkorning ijod mahsuli sahna olamiga jon baxshida qilaolgan. Uni har bir yaratgan sahna dekoratsiyalari, kastyum iskizlari teatr  tomoshabinlari talablari darajasida amalga oshirilgan va ijro qilingan. Bunday qobiliyat egalarining yaratgan asarlari sanʼat olamining haqiqatga yo‘g‘rilgan tarix sahifalariga mangu muhrlanadi va boqiy yashaydi. Ishlab chiqarish sexlari mudiri va ijrochi rassom Fayzulina va Fayzulin ijodkorlar juftligi sifatida oilaviy ijod qilishib, uzoq yillar teatrimiz salohiyatini ijodiy, badiiy yetuklik nuqtaʼi nazarida baland ko‘tardilar. Fayzulina nafaqat ijrochi rassom, kastyum, grim, dekoratsiya, rekvizit va butaforiya ishlarini chuqur biladigan mutaxassis sifatida ish olib borgan edi. Bu ijodkorlar va ularning ijod mahsuli, teatr muxlislari va teatr ijodkorlari tomonidan hamisha yodga olinadi.