Aktyor  Usmon  Berdiyev

 Usmon Berdiyev 1957 yil teatr qayta tashkil etilganda Shaxrisabz xalq teatridan taklif qilingan. Xonanda va aktyor Usmon Berdiyev uzoq  yillar teatrimizda faoliyat yuritib 40 yaqin obrazlar yaratdi.  Turli janrlarda yaratgan obrazlari orqali xalqimizning mehriga va olqishiga sazovor bo‘ldi. Uning “Uch bahodir”da Tariel, “Layli va Majnun”da Qays, “Ravshan va Zulxumor”da Ravshan, “Nurxon”da Haydar, “Boy ilaxizmatchi”da Xolmat, “Maysarani ishi”da Cho‘pon, “Aybiga iqror”da mayor Golubev, “Sevmaganga suykalma”da G‘o‘dalak obrazlari tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olgan. Bu aktyor teatr sahnasida yaratilgan asarlarning barcha janrlarida yaratgan obrazlarini ichki va tashqi ko‘rinish, xarakter nuqtayʼi nazaridan ustalik bilan tomoshabinga yetkaza oladigan o‘z ishining ustasi edi. Teatrningkonsertchilik faoliyatida ham U.Berdiyev alohida eʼtiborga loyiq xonanda sifatida ham tomoshabinlar qalbidan joy olgan sanatkor edi.