Badiiy  ijodiy  ishlab  chiqarish  sexi  mudiri va  aktrisa  Raʼno  To‘rayeva.

 O‘z ishining mohir ustasi tinib tinchimas, raxbar R. To‘rayeva teatrda uzoq yillar davomida ko‘plab spektakllarni yuqori badiiy, dekoratsion bezash, kiyim, grim, chiroqlar bilan ishlash nuqtaʼi nazaridan, sermahsul ijod qildi. Teatrning umumiy ishi yaʼni ijod mahsullarining har jihatdan mukammalligini taʼminlash maqsadida qo‘l  ostidagi sexlar bilan sog‘lom ijodiy muhit yaratish ustida samarali ish olibbordi. U sahnalashtirgan ko‘plab spektakllar ko‘rik-tanlov va festivallarda g‘olib bo‘lgan. R.To‘rayeva teatrning konsertchilik faoliyatida ham ko‘plab tadbirlarni amalga oshirgan. Mutaxassis sifatida aktyorlarning sahnada mahoratlarini namoyon etishlarida ham bu kishining xizmatlari beqiyos edi. R. To‘rayeva sahnada aktyor sifatida ham iqtidorini namoyon etib, spektakllarda Ona, Buvi va yosh qahramon obrazlarini mukammal talqin qildi. “Guldan nozik” spektaklidagi Maryam, “Jon qizlar”dagi Militsioner, “Oshiqlar”dagi Ozoda, Amma, “Sevmaganga sukanma”dagi Gulsanam, “Qaytar dunyo”dagi Kelin obrazlarining aktrisa talqinidagi mohirona ijrosi shular jumlasidandir.